
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, quvvati 100 MVt bölgan FES qurilişi loyihasi davlat-xususiy şerikligi asosida amalga oşirilmoqda.
Elektr stansiyasining işga tuşirilişi joriy yilning oktabr oyiga rejalaştirilgan. U qayta tiklanuvçi energiya manbalari asosida faoliyat yurituvçi sanoat miqyosidagi ilk generatsiya qilinadigan elektr stansiyasi böladi.


Quriliş maydonçasida obekt qurilişi uçun zarur bölgan barça infratuzilma mavjud. Vazirlik quriliş joyidan tayyorlangan fotohisobot taqdim etgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Energetika vazirligi davlat-xususiy şeriklik asosida quyoş fotoelektr stansiyasi qurilişi böyiça «Scaling Solar 3» uçinçi loyihasi boşlanişi töğrisida e'lon qilgandi.
«Scaling Solar 3» uçinçi loyihasi doirasida umumiy quvvati 500 MVt bölgan uçta FES qurilişi rejalaştirilib, ularning investorlari tender natijasiga köra aniqlanadi.
Uçinçi loyiha boşlanişi 2021 yil fevral oyiga rejalaştirilgan. FES qurilişi Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida amalga oşirilişi közda tutilmoqda.
Uç viloyatda quyoş energetikasi bilan boğliq yangi loyihalar amalga oşiriladi











