Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch viloyatda quyosh energetikasi bilan bog‘liq yangi loyihalar amalga oshiriladi
Energetika vazirligi davlat-xususiy sheriklik asosida quyosh fotoelektr stansiyasi (FES) qurilishi bo‘yicha «Scaling Solar 3» uchinchi loyihasi boshlanishi to‘g‘risida e'lon qildi.
Vazirlik matbuot xizmati xabarida aytilishicha, «Scaling Solar 3» uchinchi loyihasi doirasida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan uchta FES qurilishi rejalashtirilib, ularning investorlari tender natijasiga ko‘ra aniqlanadi.
Uchinchi loyiha boshlanishi 2021 yil fevral oyiga rejalashtirilgan. FES qurilishi Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.
2019 yil 18 oktyabr kuni «Scaling Solar 1» loyihasi doirasida Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan FES qurilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda Masdar (BAA) kompaniyasi g‘olib bo‘ldi. O‘zbekiston hukumati va Xalqaro moliya korporatsiyasi o‘rtasida konsultatsiya xizmatlarini jalb qilish va Scaling Solar loyihasi bo‘yicha quyosh FESlar quvvatini 1000 MVt.gacha oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
2020 yil boshida Samarqand va Jizzax viloyatlarida umumiy quvvati 400 MVt bo‘lgan 2 ta «Scaling Solar 2» FES qurilishi loyihasi bo‘yicha tender e'lon qilingan. Ushbu loyihalar bo‘yicha hozirgi vaqtda tender savdolari amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026
Tintuvdan so‘ng yo‘qolgan tillalar – qidiruvdagi sobiq tergovchi ishida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi
08:20 / 25.05.2026