Joriy yilning mart oyida «Uzbekistan Airways» AJ yangi «Boeing-787-8» samolyotini xarid qilişi kutilmoqda. «Drimlayner»ning xarid qiymati 141,7 million dollar bölib, şundan 107,1 million dollari Xitoy davlat taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan kredit mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi. Bu haqda 2021-2023 yillarga möljallangan investitsiya dasturida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanişiça, samolyot xaridining milliy valutadagi qiymati 1 trillion 544 milliard söm bölib, şundan 7,6 milliard sömi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplanadi. Xarid maqsadida jalb etilgan töğridan töğri investitsiya esa 369,5 milliard sömni taşkil etmoqda.
2020 yil 16 mart kuni hukumatning tegişli qarori bilan, «Törtta yangi «Boing-787-8» samoliyotini xarid qiliş» investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlangandi.
Hujjatga köra, «Boeing-787-8» samolyotlari oxirgi 3 yilda Xitoy davlat taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan kredit mablağlari hisobidan sotib olingan. Şuningdek, samolyotlar xaridi uçun Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi kreditlari, boşqa moliyalar ham yönaltirilgan.
Ma'lumot uçun, «Boeing-787-8» havo kemalari yonilği sarflaş samaradorligini oşiriş, şovqin darajasini pasaytiriş va atmosferaga SO2 gazining ajralib çiqişini kamaytiriş imkonini beruvçi GE Aviation kompaniyasining GEnx-1B dvigatellari bilan jihozlangan.
Avvalroq, «Uzbekistan Airways» 150 öringa möljallangan «Airbus A320 Neo» sotib olgani haqida xabar berilgandi.












