Aliyevning ta'kidlaşiça, Armaniston taşqi işlar vaziri Ara Ayvazyan Xonkandi şahriga (Stepanakertning ozarboyjonça nomlanişi) taşrif buyurgan va uning bu taşrifidan közlangan maqsad noma'lum. 

“Armaniston uruş haqida unutmasin. Yodda tuting, temir muşt öz joyida. Bu taşriflarga çek qöyilişi lozim”, deb ta'kidlab ötgan Aliyev. 

Ozarboyjon prezidenti Armaniston iğvogar qadamlar amalga oşirsa, Yerevan “bundan puşaymon qilişi”dan ogohlantirgan. U Toğli Qoraboğga barça, jumladan xalqaro taşkilotlar vakillarining taşriflari Ozarboyjon bilan kelişilişi kerakligini aytgan.