Quyoş çiqib, kunduz kungi harorat kötarila boşladi, ammo bugun kunduz kuni harorat hali ham manfiy böladi. Kunning örtasiga kelib, havo 2-4 daraja sovuq böladi.
Dam oliş kunlari antitsiklonning sovuq periferiyasi buzilişi davom etadi va yakşanba kuniga kelib, yuqori bosim maydoni Özbekiston hududidan butunlay çiqib ketadi.
Keçalari harorat kötarilişi sekinroq böladi, kunduz kunlari esa tezlaşadi.
Yakşanba kuni keçalari sovuq 1-6 darajagaça böladi, kunduz kunlari esa quyoş havoni 7-10 daraja iliqqaça isitadi. Harorat me'yoriy qiymatlarga yaqinlaşadi.
Şu kunlarda havo yoğingarçiliksiz böladi, asosan biroz bulutli bölişi kutilmoqda. Respublikaning ba'zi joylariga asosan keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin.
Uşbu davrda toğli hududlarda qor köçişi xavfi saqlanib turadi.












