AQŞning amaldagi prezidenti Donald Tramp öz yordamçilari bilan prezident lavozimidan ketişigaça özini afv etiş imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda The New York Times naşri ma'lum qildi.   

Ta'kidlanişiça, Oq uy rahbari 3 noyabrda ötgan prezident saylovlaridan keyin yaqin atrofidagi odamlarga prezidentlik muddatining oxirgi kunlari özini afv etmoqçiligini, biroq bunday qilişi töğri böladimi yoki yöqligi borasida ikkilanayotganini aytgan.   

Naşrning ba'zi manbalariga köra, Tramp 6 yanvarda Kapitoliyda yuz bergan tartibsizliklardan keyin buni qilişga tayyorlanmoqda.

Şu bilan birga, Tramp qanday ayblovlardan hayiqayotgani ma'lum qilinmagan.

NYT ma'lumotlariga köra, bungaça AQŞning birorta prezidenti özining afv etilişini e'lon qilmagan. Şu sababli Tramp bunday yöl tutsa, yomon örnak körsatişi mumkin. Bundan taşqari, prezidentning afvi inson ştatlar ma'muriyati tomonidan emas, balki federal hokimiyat tomonidan ayblangan jinoyatlarga nisbatan amal qiladi.  

Avvalroq CNN telekanali Tramp öz yordamçilari bilan öz qizi Ivanka Trampni va uning turmuş örtoği Jared Kuşnerni hamda boşqa bir qator odamlarning afv etilişi imkoniyatini muhokama qilganini ma'lum qilgan. Ta'kidlanişiça, Tramp öz yaqinlarining yangi prezident Jo Baydenning hokimiyati vaqtida sud ta'qiblariga uçraşi mumkinligidan xavotirlanmoqda.