Kun.uz’ga navbatdagi murojaat Samarqand viloyati Iştixon tumani «Humo» mahalla fuqarolar yiğini Çayjaul qişloği aholisidan yöllandi. Unda yozilişiça, qişloqda bitta transformator bor. Aholi xonadonlarining soni me'yordan oşib ketgani uçun elektr energiyasi bilan yetarli darajada ta'minlaşda uning quvvati yetmayapti. Qişloq ahlining bir qismi pul yiğib öz hisobidan sotib olingan yoğoçlardan qölbola simyoğoç tayyorlab, ikki kilometr uzoqlikdagi maktab transformatoriga ulangan. Ammo uning ham quvvati past. Şuningdek, qölbola simyoğoçlar ham omonat turibdi.

«Samarqand viloyati Iştixon tumani «Humo» mahalla fuqarolar yiğini tarkibidagi Çayjaul qişloği fuqarolari nomidan murojaat qilyapmiz. Aholi xonadonlari köp bölsa-da, qişloqqa bir dona transformator qöyilgan. Uning quvvati barçaga yetmaydi. Şu sababli, öz hisobimizdan simyoğoç tayyorlab, 2 kilometr uzoqlikda joylaşgan maktab transformatoriga ulanganmiz. Şunda ham elektr energiyasining quvvati kamlik qilyapti. Simyoğoçlar qölbola bölganligi uçun xarob ahvolda. Aksariyati çirib bölgan. Farzandlarimiz maktabga borgan paytda yoki köçaga öynab çiqqanda xavotirda ötiramiz. Quvvat kamligi sabab köpçilikning xöjalik texnikalari kuyib qolgan, buzilgan. 2019 yildan buyon bu masalani tuman hokimining sayyor qabullarida ham bir neça marta kötardik, ammo, natija bölmadi. Aholi tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga, tuman deputatiga yozma, yana Xalq qabulxonasi, Boş prokuratura, Prezident portali, viloyat hokimi telegram messenjeriga murojaat qilganmiz, ammo heç kimni biz duç kelayotgan muammo bilan işi yöq», deyiladi murojaatda.

Qişloq ahlining bildirişiça, ularning Prezident portaliga qilgan murojaatiga 2020 yil 15 sentyabr kuni «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJ rahbari U.Jörayev nomidan javob xati berilgan. Unda qişloq ahlining Şerali Şakarov nomidan Prezident portaliga qilingan murojaati «Samarqand hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan örganib çiqilgani, Çayjaul qişloğidagi past kuçlanişli elektr energiyasi ta'minotini yaxşilaş işlari Prezidentning 2016 yil 23 noyabrdagi PQ 2661-sonli «2017-2021 yillarda past kuçlanişli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qiliş va yangilaş dasturi töğrisida»gi qaroriga asosan 2020 yil sentyabr oyida amalga oşirişi ma'lum qilingan. Ammo murojaatda yozilişiça, sentyabrda ham, undan keyin ham heç bir iş qilinmagan.

Murojaat yuzasidan izoh oliş uçun avval Iştixon tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Sardor Ortiqov bilan boğlandik. U Çayjaul qişloği aholisi duç kelayotgan muammodan xabardorligini bildirdi. Uning aytişiça, rejaga köra Çayjaul qişloğida amalga oşirilişi lozim bölgan işlarni 2020 yilda yuz bergan pandemiya sababli amalga oşirişning iloji bölmagan.