Unda iştirok etgan Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov 2020 yilda 1 mln 800 ming nafar mahalliy turistlar safari taşkil etilganini, 2021 yilda buni keskin oşiriş, 7,5 mln nafarga yetkaziş rejalaştirilganini aytib ötdi.

“Prezident topşiriğiga binoan, mahalliy aholining sayohat qilişi uçun qulay va arzon transport bilan ta'minlaşda avia va temir yöl çiptalariga 30 foiz çegirma beriladi”, - deya ma'lum qildi u.

Bundan taşqari, joriy yilda transport logistikasidagi muammolarni bartaraf etiş maqsadida yangi avia va temir yöl qatnovlari yölga qöyiladi. Andijon va Xivani töğridan töğri boğlovçi temir yöl reysi, Farğona va Urganç aviareysi, Qarşidan Urgançga temir yöl hamda aviareyslar yölga qöyilişi rejalaştirilgan. 

Içki turizmni rivojlantiriş maqsadida “Özbekiston böylab sayohat qil” dasturini jadallaştiriş maqsadida yana köplab çegirmalar joriy etilişi ma'lum qilindi.