7 yanvar kuni Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi mas'ullari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida «Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarşi kuraşişda boşqa tarzda kömaklaşgan şaxslarni rağbatlantiriş tartibi töğrisidagi nizom» tasdiqlangani ma'lum qilindi.
Şuningdek, agentlik mas'ul xodimi Ötkirbek Namozboyev biror şaxsni obrösizlantiriş yoki şaxsiy ğaraz maqsadlarida korrupsiya haqida yolğon ma'lumot berganlar jazolanişini ma'lum qildi.
«Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarşi kuraşişda boşqa tarzda kömaklaşgan şaxslarni rağbatlantiriş tartibi töğrisida»gi nizomdan kelib çiqadigan bölsak, unda oşkoralik, qonuniylik, adolatlilik va fuqarolarning huquq-erkinliklarini kafolatlaş prinsiplariga amal qilinadi. Berilgan xabar yolğon ekanligi tasdiqlanadigan bölsa, ma'muriy va jinoiy kodekslarda tuhmat bilan boğliq bölgan javobgarliklar nazarda tutilgan.
Xabar tasdiqlanmasa, bevosita xabar bergan şaxsni javobgarlikka tortiş masalasi kötariladi. Qonun ustuvor, biz qonundan taşqariga çiqa olmaymiz», deya agentlik mas'ulining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uşbu tartibga köra, fuqarolar va davlat xizmatçilari biror sohada tayyorgarlik körilayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida tegişli organlarga xabar berişlari mumkin. Rağbatlantiriş uçun pul mukofoti miqdori korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning ijtimoiy xavfliligidan kelib çiqib belgilangan.
Dastlabki tahlillarga köra, qaror ijrosi uçun Özbekiston Respublikasi davlat budjetidan har yili qöşimça örta hisobda 300-500 mln söm mablağlar talab etiladi.

















