Twitter ijtimoiy tarmoği AQŞ prezidenti Donald Tramp hamda uning saylovoldi ştabiga tegişli akkauntlarni blokladi.

Avvalroq ştab sahifasida Trampning tarmoq uning sahifasini bloklagani uçun ijtimoiy tarmoqni tanqid qilgan bayonoti joylaştirilgandi. U AQŞ prezidentining rasmiy sahifasida ham şunday bayonotni joylaştirgan, ammo bayonot moderatorlar tomonidan öçirilgandi.

Tramp öz bayonotida ijtimoiy tarmoq rahbariyatini söz erkinligini çeklaş hamda faoliyatini "demokratlar va radikal söllar" bilan muvofiqlaşgan holda olib borayotganlikda tanqid qilgandi.

Bir neça kun avval Donald Trampning Facebook va Instagram’dagi sahifalari noma'lum muddatga, kamida prezidentlik muddati yakunlangungaça bloklab qöyilgandi.

 Facebook asosçisi Mark Tsukerbergning ta'kidlaşiça, “oxirgi 24 soat içida AQŞda yuz bergan karaxtga soluvçi voqealar” Tramp prezidentlik muddatining qolgan qismini saylangan prezident Jo Baydenga hokimiyatning tinç va qonuniy yöl bilan topşirilişiga putur yetkaziş uçun qöllaşi mumkinligini körsatdi.