Norma’ning yozişiça, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 175-6-moddasiga tuzatişlar kiritildi. Endi uşbu moddaga davlat maqsadli jamğarmalari budjetlarining ijrosi töğrisidagi hisobotlarni taqdim etiş tartibini buziş ham kiritildi. 2020 yildan boşlab davlat maqsadli jamğarmalari töliq ğaznaçilik ijrosiga ötkazilgan, ularning hisobotlari esa xalqaro talablarga muvofiqlaştirilgan.
Davlat maqsadli jamğarmalari budjetlarining ijrosi töğrisidagi hisobot quyidagilarni öz içiga oladi:
- budjet ijrosi balansini;
- daromadlar ijrosi töğrisidagi hisobotni;
- xarajatlar ijrosi töğrisidagi hisobotni;
- debitorlik va kreditorlik qarzlari töğrisidagi ma'lumotlarni;
- nomoliyaviy aktivlar harakati töğrisidagi hisobotni;
- milliy va çet el valutasidagi pul mablağlari harakati töğrisidagi hisobotni;
- taqsimlovçi organlar böyiça tarmoq, ştatlar va kontingentga doir rejaning bajarilişi töğrisidagi hisobotni.
Taqsimlovçi organlar har oyda Moliya vazirligiga tahliliy maqsadlar uçun davlat maqsadli jamğarmalari budjetlari daromadlari va xarajatlarining ijrosi töğrisidagi hisobotlarni taqdim etadi. Yuqorida aytib ötilgan tarkibiy elementlarni öz içiga olgan töliq hisobotlar Moliya vazirligiga (ilgari – Vazirlar Mahkamasiga) quyidagi tartibda taqdim etiladi:
Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan muddatlarda – çoraklik hisobotni;
hisobot yilidan keyingi yilning 1 apreliga qadar – yillik hisobotni.
Hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uçun aybdor mansabdor şaxslarga 1 bazaviy hisoblaş miqdoridan 2 bazaviy hisoblaş miqdorigaça miqdorda jarima solinadi. Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari xodimlariga Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 175-6-moddasi böyiça ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi bayonnomani tuziş va uni körib çiqiş uçun sudga yuboriş vakolati berildi.
2021 yil 1 apreldan boşlab budjet jarayonining oçiqligini ta'minlaş tartibini buziş deb nomlangan yangi modda kiritiladi. Mazkur holatda tegişli ma'lumotlarni ommaga e'lon qiliş orqali oçiqlikka erişiladi.













