Tasvirlardan anglaşiladiki, mazkur holatga aholiga oqma gaz va elektr energiyasining aholi ehtiyojidan kelib çiqib, öz vaqtida yetkazib berilmayotgani sabab bölgan.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, uşbu holatni bartaraf etiş uçun viloyat hokimi örinbosarlari va mutasaddi taşkilotlar rahbarlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borişgan. Hozir aholi murojaatlari tinglanib, avtomobillar uçun yölning qatnov qismidagi harakat qayta tiklangan.
Şuningdek, murojaatda aks etgan kamçiliklarni töliq bartaraf etiş uçun viloyat hokimining birinçi örinbosari boşçiligida komissiya tuzilgan.
Viloyat gaz ta'minoti korxonasi axborot xizmatining Kun.uz muxbiriga bergan dastlabki ma'lumotlariga köra, «Navbahor» MFY 5 yil oldin Şarof Raşidov tumani hokimining tegişli qarori bilan tabiiy gaz ta'minotidan uzib qöyilgan.
Bunga sabab — «Navbahor» MFY viloyatning Paxtakor tumani hududida joylaşgan bölişiga qaramasdan Şarof Raşidov tumani gaz ta'minoti korxonasi orqali oqma gaz bilan ta'minlab kelingani va sönggi nuqta bölgani sabab, gaz bosimi tuşib ketgani körsatilgan. Ammo aholi ötgan davrda töliq suyultirilgan gaz ta'minoti bilan ta'minlab kelingan.
Hozirda viloyat va tuman gaz ta'minoti korxonalari xodimlari voqea joyida faoliyat olib borişmoqda. Tuzilgan işçi guruh tomonidan mahalla fuqarolar yiğinini hududini bir hafta içida oqma gaz ta'minotiga qayta ulaş çoralari köriladi.
Voqea yuzasidan tez orada rasmiy munosabat berilişi ham ma'lum qilindi.
















