Gulruxbegim Tohirjonova AQŞ nomidan dona surişi haqidagi xabarlardan keyin Kun.uz’ning Farğonadagi muxbiri şaxmatçining otasi Alişer Möminov bilan boğlangan, ota esa bu qarorni qizi mustaqil qabul qilgani va unga qarşi bölmaganini aytib ötgandi.

«Bu qaror qizimning özidan çiqdi. U 21 yoşga töldi. Mustaqil fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qiladigan yoşga yetib keldi. Men ota sifatida uning qarorini qöllab-quvvatladim. Endilikda qizim [Gulruxbegim Tohirjonova] AQŞning Missuri universiteti jamoasi safida dona suradi va bundan keyin xalqaro musobaqalarda Amerika Qöşma Ştatlari şarafini himoya qiladi. Bir narsani alohida ta'kidlamoqçiman, qizim fuqaroligini özgartirgani yöq. U — Özbekiston fuqarosi. Faqatgina şaxmat böyiça musobaqalarda Qöşma Ştatlar nomidan qatnaşadi», — degan edi u.

Alişer Möminov va qizlari
Foto: Telegram / @Nazlobudnya_AU

Dekabr oyi oxirida bloger Aziza Umarova AQŞ şaxmat federatsiyasi a'zosiga aylangan Gulruxbegim Tohirjonova borasidagi xabarlardan keyin opa-singil grossmeysterlar haqida fikrlarini bildirdi.

U opa-singillar – Nafisa Möminova, Hulkar Tohirjonova va Gulruxbegim Tohirjonova tarixiga töxtalib, postini şunday sözlar bilan yakunlagan: «Bizda bu kabi iqtidorli qizlarni qadrlamasliklaridan afsusdaman. Biroq bu ajoyib şaxmatçilar qaçonlardir Qöqondagi oddiy özbek oilasida tuğilganidan çeksiz faxrdaman. Ular qayerda sovrinli örinlarni egallamasin, özbek bölib qoladi. Qolgani — sport funksionerlarining aybi. Ota esa — tilla odam. Biz sizlar bilan faxrlanamiz, qizlar! Siz millatimiz ğururisiz».

Özbekiston şaxmat federatsiyasi grossmeyster Gulruxbegim Tohirjonova atrofidagi xabarlar böyiça rasmiy bayonot berdi