Ma'lum bölişiça, 2018 yilda Navoiy viloyati hokimligi huzuridagi «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasiga rahbarlik qilgan Vohid Mustafoyeviç Bobomurodovga tegişli «Navoiy Tears Invest» MÇJ oxirgi yillarda kamida 30 milliard sömlik davlat buyurtmalarini olgan.
Davletovuz kanali muallifi oçiq ma'lumotlarga asoslanib yozişiça, Vohid Bobomurodovning yaqin qarindoşi, ukasi Obid Mustafoyeviç Bobomurodov «FARXOD FAROVON LYUKS» MÇJga egalik qiladi.
Ba'zi tanlov hujjatlarida faqatgina mana şu ikki kompaniya iştirok etgan davlat buyurtmalari ham borligi qayd etilgan. Navoiy şahrida «Bandlikka kömaklaşiş markaziga yordamçi bino quriş» obekti şular jumlasidan.
Oçiq ma'lumotlarga köra, Vohid Bobomurodovning yana bir ukasi —Zohidjon Mustafoyeviç Bobomurodov ham 2020 yilning aprelida turar joy qurişga ixtisoslaşgan «STRONG ORIENTAL HOUSES» MÇJni taşkil qilgan. Mazkur mas'uliyati çeklangan jamiyati ustav fondidagi uluşning yarmi Farruxjon Qobuloviç Tursunovga taalluqli. Suriştiruv muallifi Farruxjon Tursunov viloyat hokimi Qobul Tursunovning farzandi bölişi mumkinligiga e'tibor qaratgan.
Vohid Bobomurodovning «Navoiy Tears Invest» MÇJ 2020 yilning noyabrida Navoiy şahrida «Işga marhamat» mono-markazi yaratiş böyiça qariyb 22 milliard sömlik tenderni yutgan. Şuningdek, uşbu kompaniya








