Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon va Namanganga ichimlik suvi uzatish qayta tiklandi
Andijon va Namangan shaharlarida ichimlik suvi magistral tarmoqlarida ro‘y bergan avariyalar bartaraf etildi.
Foto: "Andijon suv ta'minoti" MChJ
«Xonobod–Andijon» markaziy suv quvurida yuzaga kelgan nosozlik 11 yanvar kuni to‘liq bartaraf etildi, deb ma'lum qildi Andijon shahar suv ta'minoti korxonasi rahbari Humoyun Alimov.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, 11 yanvar oqshomida «Xonobod–Andijon» markaziy quvuriga suv ochilib, Andijon shahri aholisiga toza ichimlik suvi berish boshlandi.
«Bugun suv quvuri zulfinini almashtirish to‘liq yakunlandi. Soat 23:00 da Andijon shahrining 30 foiz qismiga ichimlik suvi berish boshlandi. 12 yanvardan suv berish hajmi bosqichma-bosqich oshirilib, shahar aholisi 100 foiz suv bilan ta'minlanadi», – dedi «Andijon suv ta'minoti» MChJ Andijon shahar filiali rahbari Humoyun Alimov.
Eslatib o‘tamiz, suv taqsimlash jihozi (zadvijka) 10 yanvar kuni yorilgan, bunga ob-havoning keskin sovib ketishi sabab bo‘lgani aytilgandi.
Ayni paytda «O‘zsuvta'minot» AJ bergan xabarga ko‘ra, Namangan shahriga ichimlik suvi uzatuvchi ikkita suv uzatish inshootidagi avariya ham bartaraf etilgan.
«11 yanvar kuni sodir bo‘lgan nosozliklar soat 18:25da bartaraf etilib, aholi va boshqa iste'molchilarga bir maromda ichimlik suvi yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi», – deyiladi kompaniyaning 11 yanvar oqshomidagi xabarida.
Mavzuga oid
14:34 / 30.03.2026
Namanganda 6-sinf o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchi qamoqqa olindi
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
19:35 / 28.03.2026
Andijondagi yashirin dori sexlaridan 10 mlrd so‘mlik qalbaki dorilar musodara qilindi
11:02 / 28.03.2026