Antoniu Guterriş BMT Boş Assambleyasi raisining söroviga «agar taşkilot a'zolarining xohişi şunday bölsa, ikkinçi muddatga qayta saylanişga qarşi emasman», deya javob bergan. Şuningdek, u xatni BMT Xavfsizlik Kengaşi raisiga ham yuborgan.

Dyujarrikning ta'kidlaşiça, Antoniu Guterriş bu masalada mintaqaviy guruh rahbarlari va Xavfsizlik kengaşining doimiy a'zolari bilan ham maslahatlaşgan.

Antoniu Guterriş nomzodi Xavfsizlik Kengaşining tavsiyasiga binoan 2016 yil 13 oktyabrda ovoz berişlarsiz BMT Boş Assambleyasi tomonidan ma'qullanib, 2017 yil 1 yanvardan öz lavozimiga kirişgan edi.

Antoniu Manuel de Oliveyra Guterriş 1949 yilda Lissabonda tavallud topgan. U Oliy texnika institutida muhandislik işi va fizikani örgangan, 1971 yilda oliy ta'lim muassasasini tugallab, katta öqituvçi lavozimida akademik karerasini boşlagan.

Taqvodor katolik Guterriş 1974 yilda sotsialistik partiyaga a'zo bölgan va tez orada özini butkul siyosatga bağişlaşga qaror qilgan. Sotsialistlarning boş kotibi lavozimida uç yil xizmat körsatgaç, Portugaliya boş vaziri etib saylangan. U hukumat rahbari lavozimida 2002 yilga qadar 7 yil davomida faoliyat yuritadi.

2005 yilda portugal, ispan, ingliz va fransuz tillarida erkin suhbatlaşuvçi Guterriş BMTning qoçqinlar işi böyiça oliy komissari lavozimini egallaydi.

Uning rahbarlik yillari davomida Jyeneva boş qarorgohidagi amaldorlar soni qisqargan, şunday bölsada, ekspertlarning ta'kidlaşiça, agentlikning öz xodimlarini «qaynoq» nuqtalarga jönatib, xalqaro inqirozlarga öz vaqtida munosabat bildiriş xususiyati yaxşilangan.

BMT yangi boş kotibi Antoniu Guterriş haqida nimalarni bilasiz?