Tomonlar uçraşuv natijalariga köra Toğli Qoraboğda iqtisodiy aloqalar va infratuzilmaviy loyihalarni rivojlantiriş böyiça uç tomonlama guruhni taşkil etiş haqidagi bayonotni imzolaşdi.  

Putinning ta'kidlaşiça, guruhga uç davlat boş vazirlari örinbosarlari rahbarlik qiladi. Ular tez orada Toğli Qoraboğning transport infratuzilmasi va iqtisodiyotini rivojlantiriş böyiça aniq rejalarni taqdim etuvçi ekspertlar guruhini taşkil etişadi.

Öz navbatida, Ilhom Aliyevning ta'kidlaşiça, transport aloqalarining oçilişi Boku va Yerevan manfaatlariga töğri keladi. “Harbiy harakatlarni tugatiş böyiça tuzilgan bayonotning bandlaridan biri transport aloqalarini oçiş bölgandi. Bu mintaqani rivojlantirişni va xavfsizlikni mustahkamlaşni jadallaştiradigan sohadir. Çunki bu Ozarboyjon, Armaniston, Rossiya xalqlari, qöşnilarimiz manfaatlariga javob beradi”, deb aytgan Aliyev.

Ozarboyjon rahbarining ta'kidlaşiça, 30 yildan köproq vaqtdan keyin Ozarboyjon Armaniston orqali Naxiçevan muxtor respublikasi bilan boğlanadi. Armaniston esa Ozarboyjon hududi orqali Rossiya va Eronga temir yöl çiqişiga ega böladi. 

Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyanning ta'kidlaşiça, muzokaralar natijalariga köra harbiy asirlar masalasini hal qilişning uddasidan çiqilmadi.

“Afsuski, bugun harbiy asirlar masalasini hal qila olmadik. Bu eng oğriqli masaladir, çunki bu insonparvarlik masalasidir va biz bu yönaliş böyiça işni davom ettirişga kelişib oldik”, deb aytgan Paşinyan.

Uning ta'kidlaşiça, Toğli Qoraboğdagi ixtilof hali hal bölmagan, mintaqa maqomini hali belgilaş lozim. “Albatta, biz umuman olganda, öt oçişni töxtatişga muvaffaq böldik. Biroq hal qiliş kerak bölgan köplab masalalar bor. Bu masalalardan biri Toğli Qoraboğ maqomidir. Armaniston Minsk guruhi doirasida muzokaralarni, jumladan uşbu masala böyiça, davom ettirişga tayyor”, deb ta'kidlab ötgan Paşinyan.