Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Metro vagonida noodatiy harakatlarni namoyish etgan o‘spirin bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi
«Instagram» va «Telegram» ijtimoiy tarmoqlarida Toshkent metrosida o‘spirinning vagon yuqoridagi ushlagichlariga oyoqlari bilan osilib turib, g‘alati ovoz bilan baqirayotgani tasvirlangan video tarqaldi.
«Toshkent metropoliteni» UK xabariga ko‘ra, tergov jarayonida ular 2005 yilda tug‘ilgan A.A. va T.U. ekani, Yunusobod tumanidagi 105-maktabda o‘qishi hamda ushbu harakatni «Instagram» ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasini rivojlantirish, obunachilar sonini ko‘paytirish maqsadida amalga oshirgani aniqlandi.
Ular bilan Ichki ishlar vazirligi Metropolitendagi xavfsizlik boshqarmasi vakillari, poytaxt metropoliteni ma'muriyati, shuningdek, 105-maktab ma'muriyati va ota-onalar ishtirokida tushuntirish suhbati o‘tkazildi. Mazkur holat bo‘yicha ish qo‘shimcha ko‘rib chiqish maqsadida hududiy (yashash joyidagi) voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘limiga o‘tkazildi.
Ushbu harakatlar huquqbuzarlik hisoblanadi va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 115-moddasiga binoan chora ko‘riladi.
Bundan tashqari, ular O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin davrida belgilangan niqob rejimiga rioya qilmay, qoidalarni buzgani uchun ham javobgarlikka tortiladi.
Metropoliten rahbariyati yo‘lovchilarni ogohlikka chaqirib, ulardan metro xizmatlaridan foydalanish qoidalariga qat'iy rioya qilishni so‘ragan.
Mavzuga oid
10:25
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026