Dastlab 2021 yilda tijorat banklari tomonidan amalga oşiriladigan yirik investitsiya loyihalari töğrisida ma'lumot berildi.

Rasmiy relizga köra, Özbekistondagi tijorat banklari 2021 yilda 120 trillion söm miqdoridagi yirik investitsiya loyihalarini moliyalaştirişi közda tutilgan.

Bundan taşqari, quriliş materiallari, yengil sanoat, qişloq xöjaligi, neft-kimyo, maşinasozlik va boşqa tarmoqlarda qiymati qariyb 1 milliard dollar bölgan 14 ta yirik investitsiya loyihasi işlab çiqilgan.

Masalan, Sirdaryo şahrida faoliyat yuritayotgan polietilen qop va yengil konteynerlar işlab çiqariş korxonasida 2 mingga yaqin kişi mehnat qilmoqda. Buning davomi sifatida, Özsanoatqurilişbank tomonidan «spanbond-meltblaun» notöqima matolarini işlab çiqarişga qaratilgan 94 million dollarlik loyiha rejalaştirilgan.

Yangi loyihalar orqali maxsus texnikalar, polimetall mahsulotlar, geosintetik materiallar, mineral paxta asosida quriliş plitalari, quvur, oyna va boşqa mahsulotlar tayyorlaşni yölga qöyiş, meva-sabzavotçilik klasterlari hamda kiçik sanoat zonalarini taşkil etiş közda tutilgan.

Şavkat Mirziyoyevga Toşkent şahridagi investitsion loyihalar böyiça ham ma'lumot berildi.

Toşkent şahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturiga asosan, 2020 yilda moliyalaştirişning barça manbalari hisobiga 3,7 milliard dollar investitsiya özlaştirilgan. Qiymati 11 trillion sömdan ziyod 306 ta loyiha foydalanişga topşirilib, qariyb 13 mingta yangi iş örni yaratilgan, deyiladi xabarda.

Misol uçun, Bektemir tumanidagi «DSK Binokor» MÇJ 504 milliard sömlik investitsiya hisobiga temir-beton mahsulotlar, Sergeli tumanidagi «Bek Mega Textile» korxonasi 119 milliard sömlik investitsiya evaziga töqimaçilik tovarlari işlab çiqarişni taşkil etgan.

Bu boradagi işlarni davom ettiriş maqsadida 2021–2023 yillar uçun qiymati 109 trillion sömdan ziyod 1 277 ta investitsiya loyihasi şakllantirilgan. Şundan qariyb 4,9 milliard dollari xorijiy investitsiya va kreditlarga töğri kelişi kutilmoqda. Bu sa'y-harakatlar 86 mingga yaqin iş örni taşkil etiş imkonini beradi.