Eksportdagi yaşirin muammolar yoxud şveysariyalik importyorni qanday aldaşgani haqida
|01:15 / 13.01.202145 01412 min
Yevropa Ittifoqining GSP+ imtiyozlaridan foydalaniş kun tartibida turgan, Rossiya Özbekistonning qişloq xöjaligi mahsulotlariga taqiqlar joriy etayotgan bir vaqtda, mamlakat qişloq xöjaligi mahsulotlari sifatini oşiriş va bunday mahsulotlar eksportida «bir kunlik» firmalar faoliyatiga yöl qöymaslik katta ahamiyatga ega.
Kun.uz poçtasiga Şveytsariyadan murojaat kelib tuşdi. Unda Özbekiston dalalarida yetiştirilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarini Yevropaga import qilişni rejalaştirgan, Şveytsariyada ilk marta Özbek savdo uyini oçmoqçi bölgan tadbirkor ayolning boşidan keçirganlari bayon qilingan edi.
Gavhar Vaybel Özbekistonda yetiştirilgan anor va qovunga buyurtma bergan, alaloqibatda 10 tonnadan ortiq çiqindiga çiqariladigan mahsulotlar qabul qilib olgan. Kun.uz muxbiri tadbirkor bilan boğlandi.
«Sönggi yillarda Özbekistonda röy berayotgan ijobiy özgarişlar, islohotlarni kuzatib, 2020 yilda öz kompaniyamga asos soldim. Özbekiston rivojiga öz hissamni qöşiş istagida özbek tadbirkorlari bilan hamkorlik qilişni maqsad qilgandim», – deydi Gavhar Vaybel.
Uning aytişiça, ulkan rejalar bilan tadbirkorlik faoliyatini boşlagaç, Özbekistonning Frankfurt şahridagi boş konsulligi xodimi Nuriddin Mamajonovga boğlanib, barça rejalari bilan örtoqlaşgan hamda Özbekistondan quruq va höl meva hamda poliz mahsulotlari eksporti bilan şuğullanuvçi işonçli firma topişda yordam berişni söragan.
Konsullik tavsiya etgan korxonalardan biri – Farğona viloyatida röyxatdan ötgan «SPACE» MÇJ vakili Abdulaziz Rahmonov muzokaralar çoğida özini işonçli va intizomli tadbirkordek tutgan.
«U biz xohlagan barça mahsulotlar, bergan buyurtmalarimizni öz vaqtida yuborib turişga va'da berdi. Şuni alohida qayd etişni istardimki, şu vaqtga qadar Şveytsariyaga Özbekistondan qişloq xöjaligi mahsulotlari importi yölga qöyilmagan edi. Uni ilk bor men yölga qöymoqçi edim. Loyiham mahalliy idoralarda ham qiziqiş uyğotgandi. Men ruxsat oliş uçun ularga murojaat qilganimda, meni olqişlab, biz Özbekistonning qanday mamlakat ekanini köp ham bilmaymiz, lekin siz undan import qilmoqçisiz, biz sizga ruxsat beramiz, deyişgandi», – deydi Swiss Controls Weibel firmasi rahbari Gavhar Vaybel.
Tadbirkorning aytişiça, u Şveytsariyada Uzbekistan deb nomlangan savdo körgazma uyini taşkil etişni rejalaştirgan va unda Özbekistonda işlab çiqariladigan hunarmandçilikdan tortib boşqa köplab turdagi mahsulotlar importi bilan şuğullanişni istagan. Bu niyatini amalga oşiriş maqsadida yangi qurilgan binodan 200 kv.m maydonni ijaraga olgan.
Mavzuga oid
«Bundan eksportçi Rahmonov ham, Özbekiston eksportçilari uyuşmasi rahbari janob Umarovning ham xabari bor edi. Biz boşlanişiga özbek qovunlari va anorlarini keltirişga qaror qildik. Çunki Şveytsariyada heç kim Özbekistonning tilni yorar qovunlarini tatib körmagan.
Men dastlabki yuborişda 5 navdagi qovunlardan 2 tonnadan, jami 10 tonna hamda yirik, şirin anorlardan yuborişni iltimos qildim va bir neça marta Şveytsariya sifat talablarini eslatdim. Hamkorim Yevropa talablaridan xabari borligini, Yevropa bu Rossiya yoki Qozoğiston yoxud Xitoy emasligini aytib, meni işontirdi va mahsulotlarining suratlarini körsatdi. Şu bilan birga, oldindan 100 foiz tölanişi kerakligini bildirdi», – deya hikoya qiladi Gavhar Vaybel.
Sinov uçun yuborilgan mahsulotlardan köngli tölgaç, barçasi ajoyib bölişiga işongan tadbirkor ayol, garçi «CPT Incoterms 2010» talablari doirasida 2020 yil 16 sentyabrda imzolangan şartnoma summasining 56 foizi oldindan tölanişi nazarda tutilgan bölsa-da, tölovlarni 21 sentyabrda 100 foiz amalga oşirgan, pul 24 sentyabrda eksportçi hisobiga kelib tuşgan.
Şartnomaga muvofiq, eksportçi mahsulotlarni 10 kun içida yuborişi lozim bölgani holda, 1 oydan ortiq vaqt ötgaç yuborilgan. Bundan taşqari, namuna uçun yuborilgan qovun navlari emas, aksinça boşqa navdagi qovunlar jönatilgan, anorlar qadoqlanişi ham talab darajasida bölmagan.
«U 3–4 kunda mahsulotlarni yuborişini, 1 hafta içida menga yetib kelişini aytdi. Loyihani muvaffaqiyatli boşlab olsak, har hafta kamida 100 tonna mahsulot xarid qilişni, yil oxiriga borib mahsulotlar aylanmasini 5 mln dollarga çiqarişni rejalaştirgandik. Abdulaziz Rahmonov bundan xabardor edi. Biz pulni yuz foiz töladik, sentabr oyi ham tugadi, biroq yukdan darak yöq edi.
Hamkorimiz Rahmonov yomğir yoğayotgani, yomğirlar töxtaşi va mahsulotlar qurişi bilan barçasini yuborişini aytdi. 12 oktyabrda men yana aloqaga çiqib, Yevropada qovun mavsumi poyoniga yetganini aytdim. U 15 oktyabrda bizga mahsulotlarning hujjatlarini yubordi. Ya'ni buyurtmamiz bir oydan keyin Özbekiston çegarasini tark etmoqda. «SPACE» MÇJ mahsulotni yetkazib beriş muddatini buzgani aniq edi, şunga qaramay, biz mahsulotning yetib kelişi va uni qabul qilib olib, vaqtida sotişni öylay boşladik», – deydi importyor.
Mahsulotni yuklab olgan maşina Lyuksemburgga kirib, söngra Şveytsariyaga borişidan tadbirkor 20 oktyabrda xabar topgan. 28 oktyabrda mahsulot Şveytsariya çegarasiga yetib kelgan.
«28 oktabr kuni, salkam oy oxirida bizning uzoq kutilgan yuklarimiz yetib keldi. Biz maşinani oçib, qörqinçli filmlardagi holatga duç keldik, deyiş mumkin. Duşmanimga ham buni ravo köra olmas edim. Qovunlarning navlari şartnomada körsatilganidek emas edi. Bizga körsatilgan qovun rasmlari bilan bizga yetib kelganlar farqli edi. Barçasi moğorlagan, irigan-çirigan edi.
Biz darhol eksportçiga aloqaga çiqdik va bunday mahsulotni qabul qila olmasligimizni, qaytarib yuborişimizni aytdik. Çunki u şartnomaga umuman nomuvofiq edi.
Navlari boşqa, bizga eng şirin qovun navlarining har biridan 2 tonnadan 5 xil qovun yuborilişi kerak edi. Yetkazib beriş muddatiga amal qilinmadi. Bizga 8 tonna biz bilmagan, qandaydir qişki qovun yuborgan. U bizga qovunlarni 2–3 oy saqlasangiz yetiladi, degan gapni aytdi.
Biz qovun bilan bölib, anorni keçroq oçib kördik. Ular balandligi 7,5 sm keladigan yoğoç qutilarga joylangan edi. Plyonka paketçalarga öralgan anorlar ölçami esa turliça bölib, 5 sm.dan 12 sm.gaça kelardi va aksari ezilib, öz sokiga biqib yotardi.
Biz unga bunday mahsulotni qabul qila olmasligimizni aytdik, rasmlarni yubordik. U olib qolişimizni iltimos qilib, barça yetkazilgan moddiy zararlarni qoplab berişini aytib işontirdi va kafolat xati ham yozib berdi. Aks holda u Özbekiston bojxonasi va transport kompaniyasi bilan muammolarga duç kelişi mumkin edi. Şundan söng, biz unga yana bir marta işonib, mahsulotlarni tuşirib oldik, biroq transport kompaniyasiga mahsulotlarni utilizatsiya qiliş uçun tuşirib qoldirganimizni qayd qilganmiz», – deydi şveysariyalik tadbirkor.
Uning aytişiça, iş bitgaç, «SPACE» MÇJ vakili Abdulaziz Rahmonov (firma öğli Töyçiboyev A.A. nomiga oçilgan) bir tiyin tölamasligini SMS orqali bildirib, istasa sudga murojaat qilişi mumkinligini bildirgan. Şundan buyon özaro tortişuv davom etib kelmoqda.
Gavhar Vaybelning sözlariga köra, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi uning 2020 yil 30 oktyabrda yöllagan xatiga 2 oy ötib, 2020 yil 29 dekabrda javob bergan.
Bundan taşqari, «SPACE» MÇJ bilan qişloq xöjaligi mahsulotlari yetkazib beriş böyiça 3 760 dollar miqdorida şartnoma imzolagan Lyuksemburgdagi yana bir bir firma (nomi tahririyatga ma'lum, tadbirkor iltimosiga binoan e'lon qilinmayapti) advokati Sardor Ismoilov bilan ham uçraşdik.
Xorijiy firmaning Özbekistondagi advokati ham yuqoridagi muammolarni tasdiqlar ekan, Lyuksemburgdagi tadbirkorlik sub'yekti yaroqsiz qovun va anorlar utilizatsiyasi uçun 5 ming dollarga yaqin mablağ sarflanganini bildirdi.
Kun.uz muxbiri uşbu masala yuzasidan Özbekistonning Frankfurt şahridagi boş konsuli Nuriddin Mamajonov, Özbekistonning Belgiyadagi boş konsulligi xodimi Uluğbek A'zamov, «SPACE» MÇJ va Top Cherry firmalari vakili Abdulaziz Rahmonov, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi boşqarma boşliği Şahzod Qurbonov, Lyuksemburgdagi özbek tadbirkori D.U. hamda Farğona viloyati IIBning şikoyatçi arizasi bilan şuğullangan xodimlari bilan ham boğlandi.
Konsulliklar vakillaridan xorijlik importyorlarga özbekistonlik eksportçilar röyxati qanday qilib berilişi xususida söradik. Ma'lum bölişiça, özbek eksportçilari röyxati Taşqi işlar vazirligi tomonidan taqdim etiladi. Taşqi işlar vazirligiga röyxatni viloyatlar hokimliklarida şakllantirilgan röyxat asosida Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi taqdim etadi.
Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligining mazkur muammoni muzokaralar yöli bilan hal etişda yordam beriş maqsadida onlayn muloqot ham taşkil etgan boşqarma boşliği Şahzod Qurbonov Kun.uz muxbiri savollarini javobsiz qoldirdi. Unga telefon orqali boğlanişlarimiz samara bermadi.
Abdulaziz Rahmonov esa, Yevropaga ham eksport qilib kelganmisiz, degan savolimizga Germaniya va Niderlandiyaga eksport qilganini aytarkan, hujjatlardan nusxa bera olmasligini, çunki firma siri ekanini ta'kidladi. Bundan taşqari, u barçasiga sud oydinlik kiritişini aytib, bir neça bor zararlarni qoplab beriş haqida bergan kafolat xatlariga aniq izoh bermadi.
Şu örinda ikki tomon ham köp urğu berayotgan şartnomaga e'tibor qaratsak. Ikki tadbirkor örtasidagi eksport şartnomasi «CPT Incoterms 2010» şartlari asosida tuzilgan.
CPT qisqartmasi – inglizça Carriage Paid To sözlarini anglatib, xalqaro savdo iborasidir. Bunda sotuvçi (bizning holatda «SPACE» MÇJ) mahsulotlarni taşuvçiga yoki belgilangan şaxsga (bizning holatda, transport kompaniyasi hamda ikki tadbirkorga) öz hisobidan yetkazib beradi. Sotuvçi mahsulotlarga yetişi mumkin bölgan zararlar yoki yöqotişlar bilan boğliq barça ehtimollarni inobatga oladi va mas'ul böladi.
CPT me'yorlarida bir jihat alohida qayd etilganki, mahsulotlarga yetkazilgan zarar yoki yöqotişlar ehtimoliga oid mas'uliyat, mahsulot belgilangan tomonga topşirilişi bilanoq ikkinçi tomon zimmasiga ötadi. Bunda sotuvçida mahsulotlarni suğurtalaş majburiyati bölmaydi.
Şveytsariyalik tadbirkor esa, öz navbatida, mahsulotlar CIP şartlari (Carriage and Insurance Paid To – mahsulotlarni suğurta va transport xarajatlari qoplangan holda yetkazib beriş) asosida yetkazib berilişi kerakligini, şartnomada belgilangan muddatlarga amal qilinmaganini, kelişilgan navlar yuborilmagani va qadoqlaş qoidalariga rioya qilinmaganini da'vo qilmoqda. Şuningdek, barça xarajatlar, şu jumladan utilizatsiya uçun sarflangan mablağlarni qoplaşni talab qilmoqda.
Albatta, bular ikki xöjalik yurituvçi sub'yekt örtasidagi munosabatlar bölişi mumkin. Biroq bugungi kunda Özbekistondan eksport qilinayotgan mahsulotlar işonçligini oşirişda ularni jahon standartlariga mos holda yetkazib berişni, hamkorga zarar yetkazmaslik çoralarini jiddiy joriy qilişni talab qiladi.
Yuqorida tilga olganimiz Yevropa Ittifoqi GSP+ dasturi doirasida imtiyoz olişga urinayotgan ekanmiz, bu yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
Xullas, bugungi kunda mazkur iş iqtisodiy sudda körib çiqilmoqda. Sud qaror qabul qilganidan söng bu mavzuga yana qaytamiz.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi