Interpol 2020 yil avgustda Bayrutda yuz bergan kuçli portlaş işi böyiça 2 rossiyalik va bir portugaliyalikni qidiruvga berdi. “Qizil bildirişlar” Bayrutdagi portlaşga sabab bölgan ammoniy nitratini 2013 yilda Bayrut portiga keltirgan Rhosus kemasi egasi va kapitaniga hamda uşbu moddani sotiş bilan şuğullanuvçi portugaliyalikka nisbatan çiqarilgan.
2020 yil oktyabrda Livan sudi kema egasi va kapitanini hibsga oliş uçun xalqaro order berişni söragan.
Interpol qidirilayotgan şaxslarning ismlarini oçiqlamagan, biroq Livan matbuotining ta'kidlaşiça, gap kema kapitani Boris Prokoşev va kema egasi, Kiprda yaşovçi rossiyalik biznesmen Igor Greçuşkin haqida bormoqda. Bundan taşqari, 2014 yilda Bayrut portiga tuşirilgan ammoniy nitratni közdan keçirgan portugaliyalik Jorji Manuela Netu Moreyru ham qidiruvga berilgan.
Interpolning “qizil bildirişi” u böyiça qidiruvga berilgan kişilarning davlatlar tomonidan tezda hibsga olinişini talab etmaydi. Bu bajarilişi şart bölgan order hisoblanmaydi.
Bayrut portidagi portlaş 2020 yil 4 avgustda yuz bergandi. Öşanda portda bir neça yil davomida saqlanib kelgan 2,7 ming tonna ammoniy nitratning portlaşi oqibatida 200ga yaqin kişi halok bölgan, 6,5 ming kişi jarohat olgan, 300 mingdan köproq kişi boşpanasiz qolgan. Buning ortida Livanda hukumatga qarşi noroziliklar boşlangan. Namoyişçilar hukumatni odamlarning ölimiga olib kelgan loqaydlikda ayblaşgan.














