Markaziy bank raisi örinbosari Behzod Hamroyev 11 yanvar kuni AOKAda ötgan matbuot anjumanida MB tomonidan joriy yilda iqtisodiyotda dollarlaşuv darajasini kamaytiriş masalalari haqida ma'lumot berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Iqtisodiyotda dollarlaşuv darajasi yuqori, qariyb 50 foiz atrofida. 2021 yilda kreditlar böyiça dollarlaşuv darajasini 45 foizga tuşiriş vazifasi qöyilgan», – dedi Markaziy bank raisi örinbosari.
Şuningdek, joriy yilda valuta bozorida yangiça onlayn platforma joriy qiliş, tadbirkorlar va yuridik şaxslar uçun banklarda valuta oldi-sotdisini osonlaştiriş rejalaştirilgani aytildi.
Avvalroq Kapital bozorini rivojlantiriş agentligi boşqarma boşliği (ayni paytda direktor örinbosari) Tursunboy Mahkamov Özbekiston iqtisodiyotida dollarlaşuv darajasining yuqoriligi Markaziy bank monetar siyosati samaradorligini pasaytirişi, ayrim hollarda defoltga olib kelişi mumkinligi haqida aytgandi.
Uning sözlariga köra, Özbekiston iqtisodiyotining dollarlaşuv darajasi juda yuqori ekanini hamma tuşunmoqda, ammo valuta xatarlari orasidagi farqni yöqotiş uçun mamlakatda oltin-valuta zaxiralari yetarli ekani tufayli (2019 yil 1 yanvar holatiga 26,3 mlrd AQŞ dollari) «bunga katta e'tibor berişmayapti».
Ma'lumot uçun, Markaziy bank raisi pul-kredit siyosatining 2020-2022 yillarga möljallangan asosiy yönalişlari hamda inflyatsion targetlaş rejimiga ötiş masalalariga bağişlangan matbuot anjumanida dollarlaşuv masalalariga töxtalgan edi.










