Içki işlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi rasmiylari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.
Anjumanda xorijga çiqiş pasportlarini rasmiylaştiriş uçun tölov BHMning 120 foizi, ya'ni 267 ming söm ekani, bu köplab fuqarolar uçun qimmatlik qilişi, tölovni kamaytiriş imkoni bor-yöqligi töğrisida savol berildi.
IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş boş boşqarmasi boşliği örinbosari Dilşodbek Murodbekovning ma'lum qilişiça, boşqarma narxni pasaytiriş uçun taklif kiritadi.
«Aytiş joizki, narxlarni Içki işlar vazirligi belgilamaydi. Bu – tegişli vazirlik, idoralar tomonidan körib çiqiladi, işlab çiqarilayotgan hujjatlarning tannarxi, unga ketadigan mahsulotlarning hammasi hisob-kitob qilinadi. Şulardan kelib çiqqan holda narx belgilangan.
Biz bu masala böyiça tegişli vazirlik va idoralar bilan kelişgan holda takliflar kiritamiz. Agarda uşbu takliflar inobatga olinib, narx kamaytirilsa, bu nur ustiga a'lo nur böladi», – dedi Murodbekov 12 yanvar kungi matbuot anjumanida.
Eslatib ötamiz, Özbekiston fuqarolari 2019 yilga qadar xorijga çiqiş uçun pasportiga «OVIR» stikeri olişi zarur edi. 2 yil muddatga berib kelingan stiker 2 yil oldin bekor qilinib, töq qizil rangdagi xorijga çiqiş biometrik pasporti joriy etildi.
2020 yil 1 yanvardan boşlab, oxirgi berilgan stikerlar muddati ham tugadi va endilikda özbekistonliklar faqat xorijga çiqiş pasporti bilangina mamlakatni tark etişi mumkin.
ID-kartani respublikaning istalgan hududidan oliş mumkin — IIV rasmiysi












