Sony kompaniyasi Avstriya yöllarida özining Vision-S deb nomlangan birinçi elektromobilini sinovdan ötkazişni boşladi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilmoqda.
"Vision-S keyingi bosqiçga ötdi. Sony Avstriyadagi hamkorlari bilan yöldagi sinovlarni boşladi", - deyiladi xabarda.
Sinovlar Grats şahrida ötkazilmoqda.
Vision-S prototipi ilk bor ötgan yili CES körgazmasida namoyiş etilgandi.
Elektromobil funksiyalari Bosch bilan hamkorlikda işlab çiqilgan inson-maşina interfeysi orqali boşqariladi. Tizim haydovçining yuzini taniy oladi hamda ovoz va işoralar orqali ham boşqariş imkoniyatiga ega.
Sony Vision-S umumiy quvvati 544 ot kuçiga teng ikkita elektromotor bilan jihozlangan. U 4,8 soniya içida tezligini soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi, maksimal tezligi esa soatiga 240 kilometrni taşkil etadi.
Elektromobil Bosch, NVIDIA va Magna Steyr kompaniyalari iştirokida işlab çiqilgan.












