Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalarini yollaş va ijaraga beriş faoliyatini qöllab-quvvatlaş, elektromobillar va mototransportlardan foydalaniş, şuningdek, velosipedda mamlakat böylab harakatlanişni rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga asosan Toshkent şahrida velosiped uçun alohida yölaklar hamda veloşering (ijaraga beriş) xizmatini yölga qöyiş rejalaştirilgan.

Qarorda velosipedçilar uçun xavfsiz muhit yaratiş, velosiped yönalişlari milliy tarmoğini rivojlantiriş va bu borada Fransiya tajribasini tatbiq etiş maqsad qilingan.

Belgilanişiça:

  • velosipedda va boşqa şaxsiy vositalarda harakatlaniş imkonini beruvçi tösiqsiz va xavfsiz muhitni, şu jumladan davlat-xususiy şeriklik mexanizmlari orqali yaratiş;
  • turistik şaharlar, dam oliş zonalari, qöriqxonalar va mamlakatning boşqa madaniy meros obektlarini boğlovçi velosipedlar magistrallari milliy tarmoğini bosqiçma-bosqiç barpo etiş;
  • şaharlar va hududlarni velosipedlaştiriş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar samaradorligini baholaş, ularni har yili monitoring qiliş uçun mezonlar (indikatorlar) joriy etiş (bir yilda velosipedlar iştirokida yuz bergan yöl-transport hodisalari soni, aholining muayyan soniga nisbatan velosipedçilar soni, toifalar böyiça velosiped yölaklari, veloçorrahalar, velosiped qöyiş joylari va ulardagi töxtab turiş joylari);
  • velosipedda harakatlaniş, velosiped transporti va şaxsiy harakatlaniş vositalarining inson salomatligini mustahkamlovçi transport turi, şuningdek, ekologik toza harakatlaniş vositasi sifatida ommalaştiriş va tarğib qiliş;
  • velosipedda harakatlanişni, şu jumladan velosipedlar va ularning butlovçi buyumlarini xarid qilişda davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş;
  • aholida velosipedçilik madaniyatini şakllantiriş maqsad qilingan.

Mazkur xizmatlarning sifatli hamda aholiga maksimal darajada foydali bölişini ta'minlaş uçun, aholi va foydalanuvçilarning taklif hamda talablarini inobatga oliş yuzasidan fikr va mulohazalarni [email protected] elektron manziliga yuboriş söralgan.