1971 yil 15 iyunda Andijon viloyati Baliqçi tumanida tuğilgan Qahramon Hakimov 2019 yilning 15 avgustida Nurafşon şahar hokimi etib tayinlangandi. U iş faoliyatini Izboskan tumani IIBda boşlagan. Faoliyati davomida sanoat va quriliş sohasida bir qator mas'ul lavozimlarda işlagan. 2018–2019 yillarda «Toshuyjoy LITI» aksiyadorlik jamiyati boş direktori bölib işlagan.

Eslatib ötamiz, Nurafşon şahar madaniyat bölimi vakillari hamda boşqa mahalliy xonandalar şahar hokimining tuğilgan kuniga bağişlab qöşiq ijro etib çiqqan, bu ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bölgandi. Qöşiqda Qahramon Hakimov «Elim bugun bunyodkor, inşootlar nurviqor, yangi şahar quruvçi bir qahramon hokim bor!..» deya madh etilgan bölib, ungaça Özbekiston tarixida biror hokimga atab bu qadar oşkora qöşiq kuylanmagan edi.

Kyayeyinçalik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan rolikni tayyorlaşda iştirok etganlar ogohlantirilgani, bu iş taşabbuskori bölgan şahar madaniyat bölimi axborot xizmati rahbari Ravşan Mirzaqulov işdan böşaş haqida ariza yozganini bildirilgandi.

Holat böyiça izoh bergan Qahramon Hakimov «Dangalini aytganda, menga şu kerak edimi? Mutlaqo yöq. Men bir ijroçiman, xolos. Töğri, Nurafşonda katta işlar bölayotgani rost. Lekin, ularni mening nomim bilan boğlaşlariga mutlaqo qarşiman», degan edi.

Toşkent viloyati hokimligi axborot xizmatining Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, xalq deputatlari Nurafşon şahar kengaşining bugun bölib ötadigan navbatdan taşqari sessiyasida Qahramon Hakimovning örniga yangi hokim tayinlanişi kutilmoqda. Ma'lumotlarga köra uşbu lavozimga prezident tomonidan qattiq tanqidga uçrab, 5 yanvar kuni işdan olingan sobiq uy-joy kommunal xöjalik vaziri Muzaffar Soliyev tayinlanişi kutilmoqda. Nurafşon şahar hokimligi hozirça uşbu ma'lumotni tasdiqlagani yöq.