Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan koronavirusga qarşi emlandi. Anadolu axborot agentligining xabar berişiça, Erdöğanga Xitoyning Sinovac kompaniyasi işlab çiqqan CoronaVac vaksinasining birinçi dozasi kiritilgan.

“Men ham emlandim”, deb yozgan Erdöğan Telegram‘da. “Mamlakatimizda emlaş dasturi doirasida 254 ming tibbiy xodim emlanib böldi. Men ham ular qatoriga qöşildim. Umid qilaman, qisqa vaqt içida fuqarolarimiz emlaşdan ötadilar”, deb qöşimça qilgan Turkiya rahbari.

Turkiyada 14 yanvarda aholini koronavirusga qarşi ommaviy emlaş boşlandi. CNN Turk telekanalining xabar berişiça, 1-bosqiçda tibbiy xodimlar va 65 yoşdan kattalar emlanadi. Xitoy vaksinasi emlaş dasturida iştirok etayotgan şifoxonalarga politsiya hamrohligida maxsus maşinalarda yetkazilgan.        

Xitoyning CoronaVac vaksinasi koronavirusning kuçsizlaştirilgan versiyasidan iborat bölib, uning xavfsizligi siçqonlar va maymunlardagi sinovlar davomida tekşirilgan. Vaksinaning odamlarda klinik sinovlari 2020 yil aprelida boşlangan. Bu sinovlarda 700 nafar soğlom köngilli iştirok etgan.