Prezident Şavkat Mirziyoyev poytaxtning Çilonzor tumanida işga tuşirilgan “Gold Moon Tashkent” korxonasi faoliyati bilan tanişdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qiymati qariyb 21 million dollar bölgan mazkur loyiha doirasida yiliga 6 tonna zargarlik buyumlari işlab çiqariş quvvati taşkil etilgan. Italiya, Germaniya va Turkiyadan zamonaviy asbob-uskunalar keltirib örnatilgan. Işga 400 dan ortiq mohir zargar jalb qilingan. Italiyalik dizayner va texnik xodimlar ularga öz mahorat va tajribalarini örgatmoqda.

Sobiq “FONON” ilmiy-işlab çiqariş korxonasi negizida oçilgan uşbu şirkat mahsulotlari zamonaviyligi, sifati va nafisligi bilan ajralib turadi. Bugungi kunda ularning xaridori köpayib, import örnini bosmoqda. Şuningdek, zavod binosida savdo dökoni taşkil etilgan. Mahsulotlarning 15 foizini Rossiya, Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiziston, Afğoniston va boşqa davlatlarga eksport qiliş rejalaştirilgan.

- Zargarlik xalqimizda azaldan bölgan, bugun ham bor, - dedi Şavkat Mirziyoyev. - Bizning maqsadimiz - yoşlarni zamonaviy texnologiyalar va dizaynga örgatib, kamida 10 ming nafar yigit-qizni iş bilan ta'minlaş, Özbekiston milliy brendini jahon bozoriga çiqariş. Yurtimizda xomaşyo, qöli gul hunarmandlar bor. Bu soha milliy an'analarni tiklaş, özligimizni anglaş nuqtai nazaridan ham katta poydevor.

Korxona xomaşyoni mamlakatimizning toğ-kon sanoati kombinatlaridan birja savdolari orqali oladi. Bu mahalliy hunarmandlar uçun ham qulaylik yaratadi. Zavod ularga yarim tayyor mahsulotlar yetkazib beradi, deyiladi xabarda.