
Marhumning qarindoşlaridan biri A.O Kun.uz’ga murojaat qilib, voqeani hikoya qilib berdi.
«Koson şahridagi Köp tarmoqli markaziy poliklinika yaqinidagi piyodalar ötiş yölkasida avtohalokat yuz bergan. Natijada 60 yoşli Şerali Jumaqulov voqea joyida vafot etgan.
U piyodalar ötiş yölkasidan ötayotganida Captiva rusumli avtomaşina urib yuborgan. Uning öğli Rustam Jörayev tuman IIBga bir neça marta murojaat qilişiga qaramay, voqea va tergov yuzasidan heç qanday ma'lumot berişmagan.
Rustam Jörayev suriştirganida ma'lum böladiki, Captiva tuman hokimi Asrol Boyqorayevning xizmat maşinasi ekan.
Hujjatlarda esa «Guvalak» mahallasida yaşovçi Rahim Jörayev (hokimning birinçi örinbosari haydovçisi) hodisa vaqti rulda bölgani yozilmoqda. Aslida esa Rahim Jörayev öşa kuni rulda bölmagan. Maşinani tuman hokimining özi yoki uning öğli haydagani taxmin qilinmoqda. Bugun tuman IIBga ariza berişga ketyapmiz», degan A.O.
Murojaat muallifining ma'lum qilişiça, öşa kuni voqea yuz bergan joyda bölgan guvohlar YTH keçki soat 20:00 atrofida sodir etilganini aytişgan. Avtohalokatni sodir etgan 70 027 KAA davlat raqamli Captiva içida tuman hokimi, xotini va qizi bölgan.
Şu voqeadan söng hokimning haydovçisi almaştirilgan. Ayb Rahim Jörayevning zimmasiga yuklanmoqda, u esa aybsizligini ta'kidlayapti.
«Murojaat qilişimdan maqsad — nega heç kim holatni örganmayapti va aybsiz odam aybdor qilinyapti?», deya savol qöymoqda murojaatçi.
Ma'lum qilinişiça, Şerali Jumaqulov 5 farzandning otasi bölgan.
«Uşbu avtohalokat yuzasidan tergov harakatlari boşlangan. Hodisa oqibatida inson vafot etgani tufayli iş yurituv viloyat IIB tergov boşqarmasiga ötkazilgan», dedi Koson tuman IIB TB tergovçisi Husniddin Valiyev.
IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova uşbu hodisa viloyat IIB tergov boşqarmasi nazoratidaligini, viloyat IIB saytida bu borada rasmiy ma'lumot e'lon qilinişini aytib ötgan.
I.Pölatov va O‘.Kamolov tayyorladi
















