Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari Toshkentdagi o‘qishga jalb etildi
17 kun davomida boshqaruv organi vakillarining bilim va ko‘nikmalari oshiriladi. Avvalroq bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov 12 nafar hokim o‘rinbosari attestatsiya sinovidan o‘tolmagani, 40ga yaqini esa o‘z lavozimida shartli ravishda qoldirilganini ma'lum qilgandi.
Joriy yil 15 yanvar kuni Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari hamda ushbu hududda joylashgan tuman va shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari Toshkentda tashkil etilgan seminar-treningda ishtirok etish uchun poytaxtda bo‘lib turishibdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinishicha, seminar-treningdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar – hududlarni kompleks rivojlantirishda yangicha tizimni joriy qilish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, o‘sish nuqtalarini aniqlash, mahalliy budjetlar daromadlar bazasini mustahkamlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, faoliyatni rejalashtirish va ishlarni tashkil qilish hamda vaqtdan unumli foydalanish orqali samaradorlikni oshirish, kurs ishtirokchilarida xalqaro tajribaga asoslanib kelajakda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida ko‘nikma hosil qilish.
Ushbu o‘qishga jalb etilgan Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Kun.uz bilan suhbatda 2021 yilda viloyat iqtisodiy kompleksi oldiga qo‘yilgan vazifalar, reja va maqsadlar haqida gapirib bergan. Shuningdek, iqtisodiy kompleks rahbarlarining ish uslubi, kambag‘allikka qarshi kurashishdagi harakatlari haqida mulohazalarini bildirgan.
Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida joriy yilning 11-26 yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) hokimlari birinchi o‘rinbosarlarining saviyasi va malaka darajasini oshirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etilgani haqida xabar berilgandi.
Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov 2021 yil boshida tashkil etilgan XPK sessiyasida hokim o‘rinbosarlari malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv tashkil qilinishi, o‘rganishlarda ularning 12 nafari qo‘yilgan talabga javob bermagani, 40ga yaqini esa o‘z lavozimida shartli ravishda qoldirilgani haqida gapirgan edi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Javob raketalarni otgan Eron va Isroilga yordam berayotgan AQSh – kun dayjesti
Jahon | 14:14
-
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi
O‘zbekiston | 14:12
-
YeIdagi STG terminallariga rossiyalik mijozlarga xizmat ko‘rsatish taqiqlanadi
Jahon | 14:11
-
🔴 LIVE: Isroil - Eron ziddiyati: tomonlar ochiq urush boshladi
Jahon | 14:01
Mavzuga oid

17:15 / 10.06.2025
“Ekishni xohlamaganlarning yeri xitoyliklarga beriladi” – Urgutda fermerlar shunday ogohlantirildi

11:40 / 09.06.2025
Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:05 / 02.06.2025
Ko‘p qavatli uylarda 1,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

12:13 / 31.05.2025