YeI mamlakatlariga Germaniyaning BioNTech va Amerikaning Pfizer kompaniyalari işlab çiqargan koronavirusga qarşi vaksinani yetkazib beriş bir neça haftaga keçiktiriladi.

"Yevrokomissiya va YeI mamlakatlari Puurs zavodi faoliyatida özgarişlar bölgani sababli Pfizer ilgari va'da qilgan hajmni keyingi uç-tört hafta davomida yetkazib bera olmasligi töğrisida oxirgi daqiqalarda xabardor qilindi", - deyiladi Germaniya soğliqni saqlaş vazirligi xabarida.

Vazirlikning ma'lumot berişiça, Pfizer bajarilayotgan işlar fevral örtalaridan işlab çiqariş salohiyatini oşirişini ma'lum qilgan.

Qayd etilişiça, "Germaniya Yevrokomissiya Pfizer kompaniyasidan vaksinani yetkazib beriş muddati böyiça iloji boriça tezroq aniq ma'lumot olişini kutmoqda".

Daniya, Latviya, Litva, Finlyandiya, Şvetsiya va Estoniya soğliqni saqlaş vazirlari qöşma maktubida koronavirusga qarşi vaksina yetkazilişi töxtab qolişidan xavotir bildirgan.

Yevropa komissiyasiga yöllangan maktubda vazirlar mavjud vaziyatni qabul qilib bölmasligini va vaksinatsiya jarayoniga bölgan işonçni pasaytirişini bayon qilişgan.

Ötgan haftada Yevroittifoq BioNTech va Pfizer kompaniyalari bilan koronavirusga qarşi qöşimça 300 mln doza vaksina sotib oliş böyiça şartnoma imzolagani xabar qilingandi.