AQŞning saylangan prezidenti Jo Baydenning maslahatçilari Eron bilan yadro kelişuvini tiklaş böyiça muzokaralar boşlaşdi. Bu haqda Isroilning 21-telekanali ma'lum qildi. 

Kanal ma'lumotlariga köra, AQŞning rasmiy şaxslari Baydenning inauguratsiyasidan bir neç kun oldin Isroilga Tehron bilan yadro kelişuvi böyiça muloqot tiklangani haqidagi axborotni berişgan.

Öz navbatida, Isroil yadro kelişuvi kengaytirilib, unda Eronning ballistik raketalar dasturi va terrorçilik faoliyatini qöllab-quvvatlaşiga çeklovlar kiritilişiga erişmoqçi.

AQŞ Eron bilan boyitilgan uran işlab çiqarilişini çeklaş böyiça 2015 yilda tuzilgan yadro kelişuvidan 2018 yilda çiqib ketgandi. 

2020 yil noyabr oxirida esa Eron şimolida mamlakatning “yadro dasturi otasi” deb atalgan yadroçi olim Muhsin Fahrizoda öldirilgandi. Tehronda olimning öldirilişiga Isroil aloqador deb hisoblanmoqda.

Şundan keyin Eron yanvarda Fordodagi yadro obektida 20 foizgaça boyitilgan uran işlab çiqarilişini yölga qöydi. AQŞ davlat departamentida bu Eron tomonidan “yadroviy tovlamaçilik” deb atalgan va Eronning yadro dasturi muqarrar muvaffaqiyatsizlikka uçraşi aytilgan.