14 yanvar kuni «Şaxmatni yanada rivojlantiriş va ommaviylaştiriş hamda şaxmatçilarni tayyorlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori e'lon qilingandi.

Qaror ijrosi uçun mas'ul hisoblangan boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov şaxmatni rivojlantiriş böyiça mazkur prezident qarori asosida amalga oşiriladigan işlar xususida Kun.uz'ga ma'lumot berdi.

Prezident qarorida şaxmatni 2025 yilgaça rivojlantiriş böyiça aniq vazifalar belgilangan. Agar bu vazifalar amalga oşirilsa, mamlakatda şaxmat bilan boğliq vaziyat mutlaqo yangiça tus oladi.

FIDE'da yuqori önlikka kiriş vazifasi qöyilgan

Hozirda Özbekiston Xalqaro şaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingida 162 davlat içida 32-örinni egallab turibdi. Qarorga köra, bu reytingda 2025 yilda yuqori önlikka kiriş vazifasi qöyilgan. Ayni damda mamlakatda xalqaro grossmeysterlar soni 22 nafarni taşkil etadi. 3 154 kişi şaxmat bilan professional darajada şuğullanadi va ulardan 580 nafari ayollar.

14 ta tuman va şaharda şaxmat qöşimça sport turi sifatida rivojlantiriladi

2025 yilga qadar mamlakat aholisining 3 foizi şaxmat bilan muntazam şuğullanişiga erişiş közda tutilmoqda. Şaxmat maktablari va klublari faoliyatiga kömak beriş maqsadida Şaxmat klublari assotsiatsiyasi taşkil etiladi. Jismoniy tarbiya va sport universitetining Farğona filialida şaxmat böyiça ta'lim yönalişi oçiladi. Şuningdek, Şaxmatni ommaviylaştiriş va rivojlantiriş jamğarmasi taşkil etiladi.

Respublikadagi 150 ta maktab şaxmatga ixtisoslaştiriladi va öquvçilarni çuqurlaştirilgan holda şaxmatga öqitiş yölga qöyiladi. Bundan taşqari, 1 000 ta umumiy örta ta'lim maktabida jismoniy tarbiya fani doirasida 18 soat şaxmat darslari joriy etiladi.

Umumiy örta ta'lim maktabi öquvçilari örtasida sinf toifasidan kelib çiqib (1-4 sinf, 5-9 sinf, 10-11 sinf) öquvçilar örtasida tuman/şahar, viloyat va respublika darajasida turnirlar taşkil etilib, yaxşi natijalarni körsatgan qatnaşçilarning xalqaro turnirlardagi iştiroki ta'minlanadi.