Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona» «Atletik» bilan bahs yuritib, alamli mağlubiyatga uçradi. 

Kataloniyaliklar Grizmanning dubli evaziga ikki bor hisobda oldinga çiqib olişdi, ammo Bilbao klubi har safar iroda körsatib muvozanatni tikladi. Qöşimça bölimda esa Uilyamsning supergoli basklarga öz tarixida 3-bor uşbu sovrinni keltirdi. 
«Barselona» sardori Lionel Messi öyin söngida asabini jilovlay olmadi va raqibining yuziga urgani uçun çetlatildi. 

Eslatib ötamiz, Marselino Toral jamoasi yarimfinalda «Real»ni (2:1) turnirdan çiqarib yuborgandi.

Ispaniya Superkubogi. Final

Barselona — Atletik B 2:3
17 yanvar, «La-Kartuxa»
Gollar: Grizmann (40, 77) — de Markos (42), Vilyalibre (90),  Uilyams (93).
Barselona – ter Stegen, Dest (Mingesa, 46), Arauxo, Langle (Trinkau, 105), Alba, de Yong, Buskets (Puç, 97), Pedri (Pyaniç, 88), Dembele (Breytueyt, 88), Messi, Grizmann. 
Atletik – Unai Simon, Balensiaga (Lekue, 83), Yyeray Alvares, Martines (Nunes, 95), De Markos, Raul Garsiya (Vilyalibre, 83), Dani Garsiya, Muniain, Vensedor (Vesga, 81), Kapa (Berenger, 81), Uilyams (Morsilo, 105).
Ogohlantirişlar: Langle (11), Dani Garsiya (67), Vilyalibre (109), Morsilo (110), Alba (114).
Çetlatiş: Messi (120).