«Rossiya fuqarosi bo‘lmagan, shu jumladan, MDHning ayrim mamlakatlaridan kelgan ishchilarni COVID-19 yangi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya qilgan holda, qurilish-montaj ishlarini bajarishga jalb qilishning soddalashtirilgan tartibini belgilash masalasi ko‘rib chiqilsin»., - deyiladi topshiriqda. Ushbu topshiriqni bajarishning so‘nggi muddati 2021 yil 1 martgacha belgilandi. 

Avvalroq, mamlakat Ichki ishlar vazirligi Rossiyada migrantlar soni 6 milliondan oshganini xabar bergandi. Shu bilan birga, odatda mahkama ma'lumotlariga ko‘ra ularning soni 11 million kishini tashkil etardi. 

Rossiya Qurilish vazirligi mamlakatning bir nechta mintaqalaridagi qurilish maydonchalarida ishlaydigan mehnat muhojirlari uchun Rossiyaga kirish shartlarini soddalashtirishni taklif qildi. Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatning 50ga yaqin hududidagi qurilish maydonchalarida muhojirlar yetishmayapti. Qurilish vazirligi xorijlik ishchilarning Rossiyaga kirishi taqiqlab qo‘yilgani ularning taqchilligiga asosiy sabablardan biri deb atadi.