Bu haqda Kun.uz’ga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Özagroinspeksiya» axborot xizmati rahbari Xolida Şodiyeva ma'lum qildi.

Şuningdek, uning ma'lumot berişiça, boğ-tok qator oralariga 65,1 ming gektar maydonga sabzavot, 8,2 ming gektar maydonga poliz va 2,9 ming gektar maydonga kartoşka ekiş közda tutilgan.

Xolida Şodiyevaning aytişiça, inspeksiya tomonidan 2021 yil hosili uçun asosiy va boğ-tok qator oralariga ekiladigan ekinlarning joylaştirilişi hamda talab etiladigan, mavjud va yetişmaydigan uruğliklar borasida örganişlar ötkazilgan.

«Örganiş natijalariga köra, bugungi kunda asosiy va boğ-tok qator oralariga ekiladigan sabzavot uruğliklarining 14 ming 477 tonnasi hamda poliz uruğliklarining 70,4 ming tonnasi mavjud ekanligi ma'lum böldi.

Şuningdek, joriy yilda 53,6 ming gektar kartoşka ekiladigan maydonlarga 188 ming tonna uruğlik kartoşka talab etilib, bugungi kunda 58,5 ming tonna uruğlik kartoşka yetişmasligi aniqlangan», – dedi u.

Ta'kidlanişiça, hozirda inspeksiyaning hududiy boşqarmalari tomonidan 2021 yil hosili uçun ekiladigan maydonlarda yetişmaydigan ekinlarning uruğliklari töğrisidagi ma'lumotlarni xokimliklarga yetkaziş, uruğliklarning davlat standarti talablari doirasida saqlanişi, fermer xöjaliklari va qişloq xöjaligi korxonalariga öz vaqtida sifatli yetkazib berilişi böyiça işlar olib borilmoqda.