36 yoşli Aditya Singx Çikagoga 2020 yil 19 oktyabrda kelgan va öşandan beri mahalliy ÖXara aeroportini tark etmagan. Erkak 16 yanvarda şaxsini tasdiqlovçi guvohnomani taqdim qiliş söralganda qölga olingan. Singx tekşiruv vaqtida aeroport xodimlaridan biriga tegişli beyjni körsatgan.

Aniqlanişiça, erkak ona ştatida koronavirusga çalinişdan qörqib, aeroportda qolişni ma'qul topgan. Uning ta'kidlaşiça, u aeroportdagi yölovçilar bölişgan yegulik bilan kun keçirib yurgan. Unga taqdim qilingan davlat advokatining ta'kidlaşiça, erkak Los-Anjyeles yaqinida yaşaydi, magistr darajasiga egaligi va mehmonxona biznesini örganganiga qaramay ayni vaqtda heç qayerda işlamaydi.
Erkak koronavirusdan yaşiriniş uçun nimaga aynan Çikago aeroportini tanlagani noma'lumligiça qolmoqda.
“Bu ba'zi narsalar közimiz oldidan ilğanmay ötib ketişi mumkinligini körsatadi. Aeroportda haftalab sezilmay qolib ketiş mumkin”, deb izoh bergan voqeaga transport böyiça mutaxassis Yozef Şviterman.
Erkakka aeroport hududiga noqonuniy kiriş va mulkni öğirlaş ayblovi qöyilgan. Singx aeroport xodimi beyjini öğirlamagani, balki uni topib olganini aytgan.
“Uşbu voqea tergov qilinmoqda. Biroq biz uşbu fuqaro aeroport va yölovçilar xavfsizligiga tahdid solmaganini aniqladik. Biz uşbu voqeaning tergovi yuzasidan huquq-tartibot idoralaridagi hamkasblarimiz bilan birgalikda işlamoqdamiz”, deb aytilgan Çikago aviatsiya departamenti bayonotida.
Sud Singxni 1000 dollar garov puli evaziga ozodlikka qöyib yuborgan va unga Çikago aeroportida yana paydo bölişni taqiqlagan. Ta'kidlanişiça, uşbu iş böyiça navbatdagi sud jarayoni 27 yanvarda bölib ötadi.

















