Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi
G‘ulomjon Murodxo‘jayev Namangan viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Foto: Namangan viloyati hokimligi
G‘ulomjon Murodxo‘jayev 1979 yilda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 1999 yilda Namangan davlat universitetini, 2010 yilda prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1999 yilda Namangan viloyati Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari boshqarmasi yetakchi mutaxassisligidan boshlagan.
U 2005—2016 yillarda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, Namangan viloyat monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hududiy boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Namangan shahar hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Namangan viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida ishlagan.
G‘ulomjon Murodxo‘jayev 2016-2020 yillarda To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan. 2020 yildan hozirga qadar prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritayotgandi.
Mavzuga oid
23:34 / 07.04.2026
Namangan va Farg‘onada mansabdor shaxslar pora olayotganida qo‘lga olindi
18:00 / 31.03.2026
Namangan viloyati salohiyati sun’iy intellekt asosida chuqur tahlil qilinadi
14:34 / 30.03.2026
Namanganda 6-sinf o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchi qamoqqa olindi
11:02 / 28.03.2026