2020 yil dekabr oyida iqtisodiy faollik indeksi (IFI) 52,7ni taşkil etib, noyabr oyiga (51) nisbatan 1,7 birlikka, işbilarmonlik kayfiyati indeksi (IKI) esa 60,1ni taşkil etib, (noyabr oyida 57,4) 2,7 birlikka oşgan. Bu haqda Markaziy bank tomonidan 2020 yil dekabr uçun e'lon qilingan Iqtisodiy faollik körsatkiçi hisobotida ma'lumot berilgan.
«Iqtisodiy faollik indeksining oşişi, xizmatlar hamda savdo sohalarida tarmoq iqtisodiy faollik indekslarining noyabr oyiga nisbatan mos ravişda 4,7 (51,4dan dekabr oyida 56,1gaça) va 5,3 birlikka (52,9dan 58,2gaça) oşişi bilan izohlanadi. Şu bilan birga, dekabr oyi uçun ötkazilgan sörov natijalari sanoat va quriliş sohalarida iqtisodiy faollik birmunça sustlaşganligini körsatmoqda. Xususan, sanoat sohasida iqtisodiy faollik indeksi 0,8 birlikka va quriliş sohasida 1 birlikka pasaygan», – deyiladi hisobotda.
Şuningdek, tarmoqlar kesimida işbilarmonlik kayfiyati indeksi quriliş sohasida birmunça pasaygan bölsa, sanoat, xizmatlar va savdo sohalarida oşgan. Bunda, dekabr oyida işbilarmonlik kayfiyati indeksi noyabr oyiga nisbatan quriliş sohasida 1,6 birlikka pasaygan bölsa, sanoat sohasida 2,3 birlikka, xizmatlar sohasida 5 birlikka, savdo sohasida 0,7 birlikka oşgan.
Sanoat sohasida Iqtisodiy faollik indeksi joriy yilning dekabr oyida 49,7ni taşkil etib, noyabr oyiga (50,5) nisbatan 0,8 birlikka pasaygan.
Bunda, mazkur indeks tarkibidagi işlab çiqariş hajmi hamda iş örinlari sonining özgarişi böyiça hisoblangan indekslar noyabr oyiga nisbatan mos ravişda 2,8 va 3,5 birlikka pasaygan bölsa, mahsulotlarga buyurtmalar hamda xomaşyo zaxiralari indekslari 0,6 va 2,4 birlikka oşgan. Sanoat tarmoqlari kesimida, iqtisodiy faollik indeksi oziq-ovqat sanoatida oşgan bölsa, quriliş materiallari, tekstil, yoğoç, mebel, qoğoz va kimyo mahsulotlari işlab çiqariş sanoatlarida pasaygan. Bunda, oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş hajmining oşişi dekabr oyida uşbu tarmoq mahsulotlariga mavsumiy talabning oşişi bilan boğliq bölsa, quriliş materiallari, tekstil, mebel va kimyo mahsulotlari işlab çiqariş mavsumiy pasayişi bilan izohlanişi mumkin. Şu bilan birga, dekabr oyida işlab çiqariş hajmlari kamayganligini qayd etgan respondentlarning 32 foizi talabning nisbatan pastligini, 24 foizi aylanma mablağlar tanqisligini, 14 foizi tabiiy gaz, 15 foizi elektr energiyasi va xomaşyo ta'minoti bilan boğliq muammolar mavjudligini ma'lum qilgan.












