«Xavfsiz internet koalitsiyasi» bu masalada sudga murojaat qilgan.

Internet xavfsizligini ta'minlaş iddaosidagi taşkilot Telegram'ni zöravonlik va ekstremizm tarğib qilinadigan postlarga qarşi kuraşmaslikda ayblagan.

Ularning e'tiroziga köra, 6 yanvardagi Kapitoliy bosqinida Telegram asosiy muloqot vositalaridan biri bölgan. Sudga kiritilgan xatda aytişiça, bu – Apple'ning onlayn dökoni bölmiş App Store'dan foydalaniş qoidalariga zid.

Koalitsiya şu sabab Telegram'ni App Store'dan öçirib taşlaşni talab qilmoqda. Xavfsiz internet tarğibotçilari Telegram'ni [Google Play'dan] öçiriş da'vosi bilan Google'ga ham murojaat qilmoqçi.

Ma'lumot örnida ta'kidlaş joiz, Android foydalanuvçilari ilovani Google Play'dan taşqari boşqa manbalardan ham yuklab olişlari mumkin. Ammo iOs foydalanuvçilari uçun har qanday ilovani yuklab olişning yagona yöli – App Store.

Oldinroq App Store ham, Play Market ham Parler ijtimoiy tarmoğining mobil ilovasini öçirib taşlagandi. Har ikki internet dökon ilova öçirilişiga unda tajovuzkorlik tarğib qilinganini iddao qilgandi. Şuningdek, Kapitoliy bosqinida qatnaşganlar aynan Parler saytida muloqot qilgani aytilgandi.

Köp ötmay WhatsApp bilan boğliq mojaro boşlandi. Facebook'ga tegişli bölgan messenjer endilikda foydalanuvçilarning ma'lumotlarini Facebook'ga yetkazib borişini ma'lum qildi. Bu bayonot esa WhatsApp'ning töğridan töğri raqobatçisi – Telegram foydalanuvçilari soni köpayişiga olib keldi.

12 yanvar kuni Telegram asosçisi Pavel Durov oxirgi uç kunda foydalanuvçilari soni 25 millionga köpayganini ma'lum qildi. Şu tariqa Telegram'dan endilikda 500 milliondan ortiq kişi faol foydalanmoqda.

AQŞda xavfsiz internet da'vosidagi bir guruh odamlarning öziga xos koalitsiyasi Telegram'ni çeklaş borasida talab bilan çiqişi tabiiyki bir xulosaga kelişga undaydi: buni Facebook taşkil qilyaptimi?

Çunki Amerika milliy brendiga aylanib bölgan Facebook'ga tegişli WhatsApp odamlar orasida xavfsiz emasligi aytilib, obrösini birmunça yöqotdi. Buni Telegram foydalanuvçilari sezilarli oşib borayotganidan ham bilsa böladi.

WhatsApp'ning bu siyosati bevosita Facebook'ning ham obrösizlanişiga olib keldi. Facebook sirtdan raqib deb qaraydigan rossiyalik Pavel Durovning şundoq ham baland obrösi texnika şaydolari orasida misli körilmagan darajada oşib ketdi. Axir u navbatdagi marta heç kimga işlamasligini isbotlay oldi.