Vazirlar Mahkamasining 547-sonli qarori asosida avtomobillar orqa oynalari yoki old-orqa oynalarini tölov asosida tusini özgartiriş - qoraytirişga ruxsat berilişi ortidan davlat budjetiga bir neça yuz milliard söm mablağ kelib tuşdi, deya xabar bermoqda ÖzA.

Ma'lum qilinişiça, IIV DYHXX organlari tomonidan avtotransport vositalaridan ularning oynasining tusini özgartirib (qoraytirib) foydalaniş uçun:

  • 2019 yil 5 avgustdan (646-sonli qaror kuçga kirgandan söng) 2019 yil 31 dekabr kuniga qadar 31 367ta ruxsatnoma berilib, jami 113 mlrd 980 mln söm;
  • 2020 yil 1 yanvardan 31 dekabr kuniga qadar 50 758ta ruxsatnoma berilib, jami 188 mlrd 395 mln söm;
  • 2020 yil 1 yanvardan 9 oktabr kuniga qadar 28 326ta ruxsatnoma berilib, jami 135 mlrd 638 mln söm;
  • 2020 yil 10 oktyabrdan (635-sonli qaror kuçga kirgandan söng) 31 dekabr kuniga qadar 22 432ta ruxsatnoma berilib, jami 52 mlrd 757 mln söm pul mablağlari;
  • jami, 2019 yil 5 avgustdan 2020 yil 31 dekabr kuniga qadar 82 125ta ruxsatnoma berilib, 302 mlrd 635 mln söm pul mablağlari hukumat qaroriga asosan tölov sifatida undirilgan.

Hozirgi kunda Vazirlar Mahkamasining 635-sonli qarori bilan M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari orqa yon oynalarining tusini özgartirişga (qoraytirişga) ruxsatnoma beriş uçun tölov stavkalari jismoniy şaxslar uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravari (1 mln 115 ming söm) etib belgilangan.

Yuridik şaxslarga orqa yon oynani qoraytiriş uçun tölov miqdori özgarmagan – BHMning 10 baravari (2 mln 230 ming söm).

Şuningdek, barça yon oynalar tusini özgartiriş uçun ruxsatnoma tölovi jismoniy va yuridik şaxslar uçun BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming söm)ga teng.

Ruxsatnomaning amal qiliş muddati – 1 yil.

Eslatib ötamiz, orqa yon oynalarga ruxsatnoma olmasdan parda örnatiş mumkin. 2020 yil avgust oyida Içki işlar vazirligi şu masalada Oliy sudda