Forbes jurnali AQŞning eng saxiy milliarderlari reytingini e'lon qildi. Naşr ular butun umri davomida xayriya maqsadlari uçun qança mablağ sarflaganini hisoblab çiqdi.

Röyxatdan örin olgan 25 nafar milliarder jami 149 mlrd dollarni xayriya işlariga yönaltirgan, ularning umumiy boyligi esa 799 mlrd dollar deb baholanmoqda.  

Reytingda birinçi örinni Uorren Baffet egalladi. U xayriya uçun 42,8 mlrd dollar sarflagan, boyligi esa 88,8 mlrd dollar. Baffet soğliqni saqlaş va qaşşoqlikka qarşi kuraşga mablağ ajratadi. 

Microsoft asosçisi Bill Geyts va uning turmuş örtoği Melinda ikkinçi öringa joylaşdi. Ularning boyligi 120,7 mlrd dollar deb baholanmoqda, xayriya maqsadlariga esa 29,8 mlrd dollar sarflaşgan.  

 Moliyaçi Jorj Soros reytingda uçinçi örindan joy oldi. U umri davomida 16,8 mlrd dollar mablağni xayriyaga yönaltirgan, boyligi esa 8,6 mlrd dollarga teng. Uning demokratiya va saylovçilar huquqlarini himoya qilişga e'tibor qaratuvçi «Oçiq jamiyat» fondlari dunyoning 120 mamlakatida faoliyat körsatadi. 

Nyu-York sobiq meri Maykl Blumberg törtinçi örinni egalladi. Uning boyligi 54,9 mlrd dollar, xayriyaga sarflagan pullari esa 11,1 mlrd dollar deb baholandi. Blumberg iqlim özgarişi va jamoat soğliğini saqlaşga e'tibor qaratib keladi. 

Eng saxiy milliarderlar reytingidan bu yil Amazon asosçisi Jyeff Bezosning sobiq rafiqasi Makkenzi Skott ham joy oldi. U irqiy, gender va iqtisodiy tengsizliklarga qarşi kuraşuvçi taşkilotlarga 5,83 mlrd dollardan ortiq mablağ ötkazgan. Oltinçi örindan joy olgan Skottning boyligi $55,2 mlrd dollar deb baholanmoqda.

Facebook asosçisi Mark Tsukerberg va uning turmuş örtoği Prissilla Çan xayriya uçun eng köp mablağ sarflagan milliarderlar reytingida öninçi örinni egallaşdi. Ular xayriya işlari uçun jami 2,7 mlrd dollar mablağ ötkazişgan.