Germaniyada koronavirus tarqalişi bilan boğliq çeklovlar 14 fevralgaça uzaytirildi. Bu haqda kansler Angela Merkel ma'lum qildi. Bundan taşqari, germaniyaliklarga jamoat transporti va dökonlarda tibbiy niqoblar yoki respiratorlarda böliş buyurilgan.
“Koronavirusni töxtatişga qaratilgan barça harakatlarimiz jiddiy xavf ostida”, deb aytgan Merkel jurnalistlarga. U virusning avvalgi turlaridan tezroq tarqaluvçi yangi mutatsiyasi jiddiy xavf solişidan ogohlantirgan.
Şuningdek, mamlakatda tibbiy niqoblar taqiş majburiy qilindi. Bungaça matoli niqoblar taqiş va oğiz-burunni şarf bilan berkitişga yöl qöyilgan. Merkel iş beruvçilarni mart örtasigaça iloji boriça köproq xodimlarni masofadan işlaşga ötkazişga çaqirgan.
Bundan taşqari, ijtimoiy aloqalarni qisqartiriş böyiça qoida öz kuçida qoladi, maktab va bolalar boğçalari yopiq qoladi.
Germaniyada ikkinçi karantin rejimi 2020 yil 2 noyabrda kiritilgan. Yanvarda oy oxirigaça amal qilişi közda tutilgan yangi çeklovlar kuçga kirgandi.
Avvalroq Germaniyaning Bavariya federal yerida koronavirusning avval ma'lum bölmagan turi aniqlangani, u sababli mahalliy şifoxonalardan birida virus tarqalişi avj olgani ma'lum qilingan. Virusning yangi turi bilan şifoxonaning 21 xodimi va 51 bemor kasallangan.












