O‘zbekiston | 09:57 / 20.01.2021
28189
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hududiga Rossiyadan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi

21-23 yanvarda O‘zbekiston hududiga g‘arbiy Qozog‘iston orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa qismi markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. 

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 21 yanvarda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba'zi joylarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi.

22 yanvarda respublika hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda qor, ba'zi joylarda kuchli qor yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

21-22 yanvarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba'zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

22-23 yanvarda havo harorati kechalari 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuq, shimolda kechalari 12-15 daraja sovuq, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuq bo‘ladi.

22-23 yanvarda o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me'yordan 8-10 darajaga past bo‘ladi.

Yo‘llarda yaxmalak bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid