AQŞning amaldagi prezidenti Donald Tramp Oq uyni tark etdi va Florida ştatiga yöl oldi.
Avvalroq u birinçi xonim Melanya Tramp bilan birga Floridadagi Palm-Biç şahriga borişi ma'lum qilingandi. Reuters agentligi esa Tramp dastlab Vaşington yaqinidagi Endryus harbiy bazasida xayrlaşuv marosimini ötkazişi töğrisida xabar bergandi.

AQŞda prezident saylovi 2020 yil 3 noyabrda bölib ötdi. 14 dekabr kuni saylovçilar hay'ati ovoz beriş natijalarini tasdiqladi. Unga köra, Jozef Bayden mamlakatning yangi prezidenti böldi.
6 yanvar kuni Senat va Kongress vakillar palatasi Baydenning ğalabasini tasdiqladi. Jozef Baydenning inauguratsiya marosimi 20 yanvar kuni 22:00 (Toşkent vaqti bilan) bölib ötadi.












