AQŞning amaldagi prezidenti Donald Tramp 20 yanvarda öz lavozimini tark etişdan oldin oxirgi marta millatga murojaat qildi. Tramp öz nutqida birorta yangi uruş boşlamaganidan faxrlanişini hamda Xitoyga “har qaçongidan” kuçliroq qarşi turganini aytgan.

AQŞ prezidenti öz murojaatida hokimiyatni yangi ma'muriyatga topşirişga tayyorlanayotganini va yangi jamoa “Amerikani xavfsiz va farovon saqlab qolişi uçun” duoda bölişini aytgan.  

Tramp AQŞda Vaşingtondagi Kapitoliy binosiga 6 yanvarda qilingan hujumga öxşaş siyosiy zöravonlikni oqlab bölmasligini aytgan. Uning ta'kidlaşiça, u boşlagan siyosiy harakat endigina “boşlanmoqda”. 

“Hozirda men çorşanba kuni peşinda hokimiyatni yangi ma'muriyatga topşirişga tayyorlanayotgan vaqtimda şuni bilişingizni istardimki, biz boşlagan harakat bu faqat boşlanişidir”, deb aytgan Tramp. 

Tramp 4 yillik prezidentligiga yakun yasar ekan, özini AQŞning oxirgi ön yillar davomida yangi uruş boşlamagan birinçi prezidenti deb atagan.

“Men oxirgi ön yillikda yangi uruş boşlamagan birinçi prezident bölganimdan faxrlanaman”, deb aytgan prezident.

U, şuningdek, AQŞning dunyodagi yetakçiligini tiklay olganini qöşimça qilgan. 

“Men oğir janglarga kirişdim va murakkab tanlovlar qildim, çunki meni şuning uçun saylaşgan. Bizning kun tartibimizda öng yoki çap, respublikaçi yoki demokrat böliş emas, balki butun mamlakat uçun yaxşi bölişi masalasi turdi. Biz Amerikaga içki kuçni va xorijda yetakçilikni qaytara oldik. Dunyo yana bizni hurmat qilmoqda. Iltimos, bu hurmatni yöqotmang”, deb ta'kidlab ötgan Oq uy rahbari.

Tramp öz nutqining katta qismini özi erişgan yutuqlarni sanab ötişga ajratgan. Oq uy rahbari bu yutuqlar orasida koronavirusga qarşi vaksina işlab çiqilişi, pandemiya şaroitida aholi va iqtisodiyotning qöllab-quvvatlanişi, soliqlar va işsizlik darajasining pasaytirilişini ta'kidlab ötgan.

Prezident taşqi siyosatdagi yutuqlari orasida Meksika va Lotin Amerikasining bir qator davlatlari bilan tuzilgan savdo bitimlari, “AQŞ manfaatlariga xizmat qilmagan” xalqaro kelişuvlardan çiqilişi, NATOga a'zo davlatlarning alyansga tölaydigan badal miqdorini oşirişga erişilgani, AQŞ koinot kuçlari ta'sis etilganini ta'kidlab ötgan.