Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2020 yilda O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgan?
O‘zbekistonda «Kobalt» avtomobili o‘tgan yil davomida eng ko‘p ishlab chiqarilgan mashina bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni «Neksiya T-250» va «Damas» egallagan.
Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillar haqida ma'lumot berdi.
Ma'lumotga ko‘ra, 2020 yil yanvar-dekabr oylari davomida avtomobil sanoatida eng ko‘p ishlab chiqarilgan mashina «Kobalt» (79 ming 908 dona), keyingi o‘rinlarda «Neksiya T-250» ( 66 ming 402 dona), «Damas» (51 ming 692 dona), «Lasetti-Jyentra» (50 ming 52 dona) va «Spark» (23 ming 3 dona) qayd etilgan.
Prezident ishtirokida mashinasozlik sanoatini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan yig‘ilishda hamyonbop avtomashina va elektromobillar ishlab chiqarishga investitsiya kiritish zarurati haqida gapirilgandi.
Shuningdek, Jizzaxda Xitoyning yirik «Dong Feng» va «Changan» avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan hamkorlikda «Dong Feng» krossoveri va «New Star Truck» avtomobillari ishlab chiqarish rejalashtirilayotganligi aytilgan.
Avvalroq, 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturida yaqin yillarda xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda turli rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarilishi kutilayotganligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
15:46 / 17.01.2026
Avtomobil bozorida dinamika: Toshkent shahrida savdo kamaygan
14:11 / 17.01.2026
Captiva’ning omadsiz qaytishi, bozori chaqqon Yuan Up va Sonet. O‘zbekiston avtomobil bozori qanday o‘zgaryapti?
11:16 / 15.01.2026
O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi ikki barobardan ortiq o‘sishi kutilmoqda
19:50 / 12.01.2026