20 yanvar kuni Toşkent vaqti bilan soat 22:00ga yaqin Vaşingtonda AQŞning 46-prezidenti Jo Bayden va 49-vitse-prezidenti Kamala Harrisning inauguratsiyasi bölib ötdi.
Koronavirus va ommaviy tartibsizliklar ehtimoli tufayli an'anaviy marosimga köplab özgartirişlar kiritildi. Marosim qatnaşçilari soni qat'iyan çeklandi: Kongressning har bir a'zosi (538 kişi) özi bilan bir kişi olib kelişi mumkin edi.
Jo Bayden rasman AQŞ prezidentiga aylandi

An'anaga köra, inauguratsiyaga avvalgi prezidentlar — Bill Klinton, kiçik Jorj Buş va Barak Obama öz rafiqalari bilan taşrif buyurişdi. Jimmi Karter keksaligi sababli, 45-prezident Donald Tramp esa şunçaki istamagani uçun marosimga kelmadi. Tramp bir yarim asr içida keyingi davlat rahbarining inauguratsiyasini ötkazib yuborgan ilk prezident böldi. Sönggi marta 1869 yilda Endryu Jonson şu işni qilgandi.
Bu Franklin Ruzveltning törtinçi muddatidan buyon kuzatilgan eng ixçam inauguratsiya marosimi böldi. Odatda Linkoln yodgorligidan Kapitoliygaça bölgan Milliy xiyobonda töplanadigan oddiy tomoşabinlar soni 200 mingga yaqinni taşkil etardi, bu safar maydonga marosimga kela olmagan taşrifçilar örniga va koronavirus oqibatida vafot etganlarni xotirlaş uçun ramziy ma'noda 200 mingta AQŞ bayroği örnatildi.
6 yanvar kungi voqealar tufayli marosim arafasida bemisl darajadagi xavfsizlik çoralari körildi. Poytaxtga Milliy gvardiyaning 25 mingdan ortiq jangçisi joylaştirildi, yöllar tösildi.
Marosimda Ledi Gaga AQŞ madhiyasini kuyladi. Undan söng sahnaga Jyennifer Lopes ham çiqdi. Bayram konserti virtual formatda bölib ötmoqda.

Foto: EPA/Vostock-photo























