Prezident saylovi natijalariga köra Sadir Japarov boşçiligidagi Qirğiziston hukumati iste'foga çiqdi. Bu haqda mamlakat prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

 Qirğiziston prezidenti vazifasini bajaruvçi Talant Mamitov Japarovning vakolatlarini topşiriş töğrisidagi arizasini qabul qildi hamda hukumatning amaldagi tarkibi iste'foga çiqqani töğrisidagi farmonni imzoladi.

 Qirğiziston qonunçiligiga muvofiq, vazirlar mahkamasi a'zolari yangi hukumat şakllanguniga qadar öz vazifasini bajaradi. Boş vazirning birinçi örinbosari Artyom Novikov boş vazir vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan.

16 yanvar kuni Qirğiziston markaziy saylov komissiyasi Japarov prezident saylovida 79,23 foiz ovoz bilan ğolib çiqqanini e'lon qildi. Uning inauguratsiya marosimi 28 yanvarda bölib ötadi.