Şuningdek, Tramp Respublikaçilar partiyasining siyosiy maslahatçisi, 2020 yil iyulda firibgarlik uçun 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Pol Eriksonni hamda amerikalik tadbirkor Elliott Broydini afv etgan.

Biroq afv etilganlar röyxatida Wikileaks asosçisi Julian Assanj va Rossiyada boşpana olgan, AQŞ maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snouden yöq.

Avvalroq Tramp maxsus prokuror Robert Myuller tergovi doirasida sudlangan bir qator sobiq safdoşlari, jumladan Maykl Flinni, Rojyer Stounni va Pol Manafortni afv etgandi.

Yanvar boşida OAVda Tramp prezident lavozimidan ketgandan keyin ta'qib qilinişi mumkinligidan xavotirlanib, öz yordamçilari bilan özini muddatdan avval afv etiş imkonini muhokama qilgani ma'lum qilingandi. Biroq uşbu axborotga qaramay, afv etilganlar röyxatida na Trampning özi va oila a'zolari, na advokati Rudi Juliani bölgan.
  
CNN telekanali ma'lumotlariga köra, Oq uyning huquqiy masalalar böyiça maslahatçisi Pet Çipollone Tramp özini afv etişi uni xavfli vaziyatga qöyişi va prezident tomonidan öz aybining tan olinişi deb baholanişini aytgan. Huquqşunoslar Tramp tomonidan qizi Ivanka Tramp va kuyovi Jared Kuşnerning afv etilişi imkoniyati borasida ham şunday fikrni bildirişgan.  

Bundan taşqari, advokatlar Trampga 6 yanvarda uning qöllab-quvvatloviga ötgan va Vaşingtondagi tartibsizliklarga olib kelgan namoyişda iştirok etgan respublikaçi kongressmenlarni ham muddatdan avval afv etiş ğoyasidan voz keçişga çaqirişgan. Ma'lumotlarga köra, gap kongressmenlar Endi Biggs, Pol Gosar va Morris Bruks haqida bormoqda.